"SHo'rtan"da latviyalik himoyachi ko'rikdan o'tmoqda
25 jan 2015 14:51
Yangiliklar

"SHo'rtan"da latviyalik himoyachi ko'rikdan o'tmoqda
G'uzorning "SHo'rtan" klubi Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Bugun Muhtor Qurbonov shogirdlari "Neftchi" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi. Bahsda 0:0 hisobi qayd etilgani haqida xabar berdik.
Bu o'yinda g'uzorliklar safida Vitaliy Smirnov ham harakat qildi. 1986 yilda tug'ilgan latviyalik himoyachi jamoada ko'rikdan o'tmoqda. Ushbu futbolchi 2014 yil yozida "Olmaliq"da ko'rikdan o'tib o'z yurtiga qaytib ketgandi.
Latviya terma jamoasi azosining so'nggi klubi "Spartak Yurmala" bo'lgandi. Undan oldin Riganing "Skonto" va "Ventspils" klublarida ham faoliyat olib borgan himoyachi 2009 va 2010 yillarda Latviya oliy ligasida eng yaxshi himoyachi nomiga sazovor bo'lgan. Uch karra Latviya chempioni va bir marta Latviya kubogi sohibi bo'lgan Smrinov agar "SHo'rtan" murabbiylarida iliq taassurot qoldira olsa 2015 yilni oliy ligamizda o'tkazadi.

Fikrlar