So’nggi yangiliklar

14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  0 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  3 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0

"SHo'rtan" jamoasi 19 yoshda! Yangiliklar

"SHo'rtan" jamoasi 19 yoshda!

Tarixiy manbalarga suyangan holda shuni aytish mumkinki, Qashqadaryo viloyatining G'uzor tumanida millionlar sevgan futbol XX asrning o'rtalaridan etiboran, xalq sevgan ommaviy sport turi sifatida o'ynala boshlangan edi.
Rasman olib qaraganda esa futbol G'uzorda ilk bor XX asrning 70-yillarida to'la shakllandi. 

Aynan 1970 yilga kelib, tuman markazida joylashgan “G'afur G'ulom” nomli maktab qoshida sport-internat ish boshladi. Bu esa G'uzorda har yili bir necha o'nlab yosh istedod sohiblarining kashf bo'lishiga zamin yaratdi.

Futbol maskanida kamol topa boshlagan istedodli bolalar turli futbol musobaqalarida toblanishar edi. Vaqti kelib shu yoshlardan “birinchi qaldirg'ochlar” voyaga etishdi. Bunga mos ravishda mahalliy aholi talabi va ehtiyojidan kelib chiqib, 1975 yilda tuman markazida hozirgi Markaziy stadion hashar yo'li bilan qurib bitkazildi. O'z stadioniga ega bo'lgan g'uzorlik charm to'p ustalari “Oq oltin” nomi bilan katta futboldagi ilk faoliyatini boshladi. G'uzor futbolining tamal toshini qo'ygan, ko'plab yoshlarga ustozlik qilgan marhum Eshmurod bobo CHorshanbiev barcha ishlarda bosh-qosh bo'ldi. “Oq oltin” futbolchilari 1986 yildan boshlab bir necha mavsum sobiq Ittifoq chempionatining Respublika miqyosidagi musobaqasida to'p surishdi.

Yillar o'tishi bilan Eshmurod boboning yordamchilari ham, futbolga oshno tutingan yosh istedodlar ham tumanda ko'payib bordi. Natijada bir emas ikki-uchta jamoaga etadigan darajadagi futbolchilar kamol topishdi. Mustaqillik yillarida yanada kengaygan imkoniyatlar endilikda G'uzorda nafaqat viloyat miqyosidagi musobaqalarga, balki oliy va birinchi liga o'yinlariga bo'lgan qiziqishni ham kuchaytirib yubordi. Tuman futbolining asoschisi Eshmurod bobo katta jamoani ikkiga bo'lish rejasini ilgari surdi. “Oq oltin” ikkiga bo'lindi. Jamoaning biriga “SHo'rtan”, ikkinchisiga “Yoshlik”, deya nom berildi. Eshmurod CHorshanbievning o'zi yoshlar bilan ishlash, ularni ham akalari safiga qo'shish maqsadida “Yoshlik”da qoldi. “SHo'rtan”ga esa Bahodir Ahmedov ustozlik qiladigan bo'ldi. SHundan so'ng ikkala jamoa o'rtasida sog'lom raqobat yuzaga keldi.

Bu orada G'uzor futboli jonkuyarlarining say-harakatlari hamda elib yugurishlari bilan 1994 yilning 5 noyabr sanasida “SHo'rtan” Professional futbol klubi rasman yuridik maqom - statusga ega bo'ldi. Ana o'sha oradan o'tgan qisqa, lekin sharafli yillar davomida G'uzor jamoasi bosqichma-bosqich rivojlanish pillapoyalaridan yuksaklik sari ko'tarilib bordi. Avval viloyat chempionatida, keyin O'zbekiston Respublikasi birinchiligida muvaffaqiyat qozongan “SHo'rtan” PFK 2005 yildan esa o'zining mamlakat oliy ligasidagi yurishini boshladi. 2010 yilgi mavsumda oliy liga bahslarida faxrli to'rtinchi o'rin va O'zbekiston Kubogi o'yinlarida finalga qadar etib borgan g'uzorliklar jamoasi navbatdagi yildan etiboran ilk bor Osiyo futbol Konfederaciyasi Kubogi turnirida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Bu bir tuman miqyosidagi jamoa va uning ashaddiy hamda fidoiy muxlislari uchun chin manodagi haqiqiy bayram, shuningdek tarixiy voqeilik edi. SHu o'rinda yana bir gap: “SHo'rtan”ning Professional klub darajasida shakllanib borishida munosib hissalarini qo'shgan fidoiy muxlislar G'uzor tumani, uning hududiy tarixiga asoslangan holda o'z sevimli jamoalariga jahon futbolida keng qo'llanish anaanasiga hamohang ravishda munosib, chiroyli, mazmun va mohiyatga ega atama, yani laqab qo'yishda jonbozlik ko'rsatishdi. Xayrullo Pirnazarov rahbarligidagi muxlislar klubi “SHo'rtan”ga donolik, aql va shijoat, hujumkorlik, kuch, iroda, botirlik, mardlik ramzilarini anglatuvchi “OQ BO'RILAR” atamasini taqdim etishdi.

Bugun kunda - yani o'zining tashkil topganligiga 19 yil to'lganligini nishonlayotgan “SHo'rtan” Professional futbol klubi, uning rahbariyati, homiylari, murabbiylar guruhi, barcha xodimlari, futbolchilari, G'uzordagi markaziy stadion mamuriyati va barcha muxlislariga eng yaxshi tilaklar, klubning bundan keyingi faoliyatiga, futbol olamida yanada yuksak cho'qqilarni zabt etishda omadlar, muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика