So’nggi yangiliklar

01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  0 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  1 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  5 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  8 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  27 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  9 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  0 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  18 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  15 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  40 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1

SHo'rtan yoshlari Qizilqum ustidan g'alaba qozondi Yangiliklar

SHo'rtan yoshlari Qizilqum ustidan g'alaba qozondi

Teglar :  SHo'rtanQizilqum
G'uzorning “SHo'rtan” futbol maktabi qoshidagi maydonlardan birida yoshlar ligasining 2-tur doirasidan o'rin olgan “SHo'rtan” – “Qizilqum” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvda “SHo'rtan” yoshlari navoiylik raqiblari ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Viktor Grigorev mezbonlar jarima maydonchasi ichida to'p uchun kurashda qo'li bilan o'ynadi. Natijada uchrashuvning 8-daqiqasida belgilangan 11 metrlik jarima to'pini SHaxzod Xursanov sovuqonlik bilan raqib darvozasi to'riga joylashtirib qo'ydi – 1:0.

Uchrashuvning 16-daqiqasida esa G'ulom Rahmonovdan to'pni qabul qilib olgan Xolto'raev raqib darvozasini nishonga oldi ammo uning zarbasini darvozabon qaytardi qaytgan to'pga etib kelgan SHaxzod Xursanov uni yana Jasurga tashlab berdi. Bu gal Xolto'raev aniq harakat qilib SHaxzod Assatovni dog'da qoldirdi – 2:0.
SHu tariqa, yosh “oq bo'rilar” yangi mavsumdagi birinchi uy uchrashuvida g'alaba qozonib, o'z muxlislariga xursandchilik ulashdi.

O'zPFL. Yoshlar ligasi. 2-tur. 11.03.2016 y.
“SHo'rtan” – “Qizilqum”  2:0
“SHo'rtan” futbol maktabining tabiiy qoplamali maydoni.
Bosh hakam: I.Ibragimov  (Nukus)
Qanot hakamlari: F.Usmonov (Qarshi), Z.Eliboev (Qarshi)
Zaxira hakami: N.Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi:  I.SHaripov  (Buxoro).

“SHo'rtan”: 1.Akmal Rahimov, 2.Nurali Padarov, 4.Mirmuhsin Sattorov, 5.Yo'lchi Fayzullaev, 6.Xolmurod Xolmurodov, 7.G'ulom Rahmonov (s) (21.Marufjon Murodov -66), 11.Jasur Xolto'raev (3.Fayoz Abdiev - 81), 15.SHaxzodbek Xursanov (9.Fayoz Azimqulov -83) 18.Bobur To'raev (8.Jasur Boboev-85), 19.Elyor Tog'aev (14.SHoxjahon Marufov -77), 20.Rustam Haydarov (16.Mirjalol Mirzayorov -90)

“Qizilqum”: 16. SHaxzod Asatov, 3.Saidjon Xayitov, 4.Viktor Grigorev, 6. Mirjalol Qosimov, 13.Bobur Mamirov (35.Abbos Rustamov-74), 29.Ahliddin Fayziev (15. Xurshid Xasanov – 81), 32.Elyorjon Akbarov (47.Fazliddin Abduvaliev-59), 34.Bekzod G'anijonov (71.Feruz Norov -70), 42.Xusniddin Fazliddinov (28.Sardor Jaxonov-21), 45.Nodirxon Kamolov, 61.Nodirjon SHaxobiddinov (19.Ruslan Iskandarov -46).

Gollar: SH.Xursanov -8 (penalti), J.Xolto'raev -16.  

Ogohlantirishlar: E.Tog'aev-27, M.Sattorov-49, A.Fayziev-56, M.Qosimov-72.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика