So’nggi yangiliklar

00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  1 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  0 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  3 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  2 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  31 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  3 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9

"SHo'rtan" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi Yangiliklar

"SHo'rtan" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Teglar :  SHo'rtanPRO-liga
6 fevraldan etiboran “SHo'rtan” jamoasi ham yangi - 2020 yilgi futbol mavsumi uchun mashg'ulotlar jarayonlarini boshladi.

“Oq bo'rilar” G'uzordagi o'z qarorgohlarida jam bo'lishdi. Ilk o'quv-yig'in tayyorgarligi Asror Aliqulov bosh murabbiyligida o'tmoqda. Tarkibga o'tgan yili faoliyat ko'rsatgan Akmal Rahimov, Nurali Padarov, Jasur Xolto'raev, Laziz Ubaydullaev, Samandar SHodmonov, Xolmurod Xolmurodov, Islom Boysariev kabi futbolchilar bilan bir qatorda yosh va istedodli mahalliy yigitlar ham taklif qilingan.

Voqealar rivoji, yig'in davomidagi yangiliklar haqida navbat bilan batafsil malumotlar berib boramiz.  

Mavzuimiz yakunida esa muxlislarga quyidagi malumotni etkazib qo'yishni joiz bildik. Bu yildan boshlab, Superligadan keyingi ligalarda futbol bo'yicha o'tadigan musobaqalar quyidagicha nomlanadigan bo'ldi. Endilikda, PRO-Ligada “A” va “V” guruhi atamalari ishlatilmaydi. Futbolimizning yuqori elitasiga chiqishga davogar 8 ta jamoa PRO-Liga bahslarida ishtirok etishadi. O'yinlar avvalgi yilgi tizimda bo'lganidek, yani to'rt davrada o'tadi. “Dinamo” (Samarqand), “Istiqlol” (Farg'ona), “Oq-tepa” (Toshkent), “Neftchi” (Farg'ona), “SHo'rtan” (G'uzor), “Xorazm” (Urganch), “Turon” (Yaypan, Farg'ona viloyati) hamda “Zomin” (Zomin) jamoalari bir mavsum davomida to'rt bor bir birlari bilan o'zaro kuch sinashishadi va g'olibni aniqlashadi.

PRO-Ligada ikkinchi o'rinni egallagan jamoa esa Superliganing 13 pog'onadagi klubi bilan bir uchrashuvdan iborat pley-off o'yinida maydonga tushadi. Uchrashuv PRO-Liga jamoasi maydonida o'tkaziladi. Zafar quchgan jamoa 2021 yili Superligada qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.

PRO-Liga jamoalari mavsum davomida O'z.PFLning Liga Kubogi musobaqasida ham ishtirok etishadi. Bundan tashqari har bir klub qoshida o'smirlarning U-18 jamoasi ham faoliyat ko'rsatishi majburiy qilib belgilandi. Endilikda, asosiy tarkib jamoalari uchrashuvidan bir kun avval, yoshlar ishtirokidagi bahslar ham bo'lib o'tadi.
“V” guruhining nomi esa Birinchi liga deb o'zgartirildi.


  “SHo'rtan” matbuot bo'limi.




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика