"SHo'rtan" Toshkentda kimlar bilan o'ynashni aniqlab oldi
12 jan 2014 14:26
Yangiliklar

"SHo'rtan" Toshkentda kimlar bilan o'ynashni aniqlab oldi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan “SHo'rtan” jamoasi dastlabki mashg'ulotlarni ayni paytda G'uzorda o'tkazmoqda.
Mazkur jarayon 24 yanvar kunidan etiboran poytaxtga ko'chadi. Toshkentdagi tayyorgarlik bosqichining dastlabkisi 7 fevralga qadar bo'lishi ko'zda tutilgan. Rahbariyat bilan o'zaro kelishilgan holda murabbiylar shtabi tomonidan bu davr mobaynida bir qator jamoalar bilan sinov-nazorat uchrashuvlarini o'tkazish rejasi ham ishlab chiqilgan. Avval xabar berganimizdek, g'uzorliklarning bu yilgi maqsadlari yana mamlakatimiz futbolining Oliy ligasiga qaytish. SHu bois tayyorgarlik rejasi puxta va jiddiy asosda tuzilgan.
Poytaxtda tashkillashtiriladigan yig'in davomida o'tkaziladigan uchrashuvlardagi sparring raqiblarning barchasi Oliy liga vakillari ekanligi yuqoridagi fikrlarimizga yaqqol misol bo'la oladi. Jumladan,o'tkaziladigan o'yinlarda “Paxtakor”, “Buxoro”, “Lokomotiv”, “Metallurg”, “So'g'diyona” kabi jamoalar “SHo'rtan”ga qarshi maydonga chiqadi. Ayniqsa, poytaxt “temiryo'lchilari” uchun g'uzorliklar bilan kechadigan bahs Osiyo CHempionalar Ligasi saralash uchrashuvidan oldin so'nggi va muhim tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
“SHo'rtan” futbolchilariga 7-10 fevral kunalari qisqa tanaffus beriladi. 11-24 fevral kunlari oralig'ida esa Muxtor Qurbonov shogirdlari Toshkentdagi ikkinchi tayyorgarlik bosqichiga kirishishadi. Bu davr ham “SHo'rtan” uchun muhim palla hisoblanadi va shuning uchun ham o'rtoqlik sinov uchrashuvlari rejaga ko'ra davom ettiriladi. O'z o'rnida har yili mavsum arafasida ananaviy tarzda o'tkaziladigan O'zbekiston Professional futbol Ligasi turnirida g'uzorliklarning ishtirok etishi malum bo'ldi. Bu haqda jamoa rahbariyati (bosh direktor Oblayor Rasulov) klub matbuot xizmatiga rasman xabar berdi.
“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati

Fikrlar