So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  1 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  19 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

"SHo'rtan" Toshkentda bir nechta nazorat uchrashuvlari o'tkazadi Yangiliklar

"SHo'rtan" Toshkentda bir nechta nazorat uchrashuvlari o'tkazadi

Avval xabar berganimizdek ayni kunlarda G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi Toshkent shahrida mavsumga tayyorgarliklarning ikkinchi bosqichini davom ettirayapti.
Muxtor Qurbonov boshchiligidagi murabbiylar guruhining ish rejasiga ko'ra, bir qator nazorat uchrashuvlarini o'tkazish ham rejaga kiritilgan. Hozir ana shu uchrashuvlardagi raqiblar va ularni o'tkazish vaqti malum bo'ldi.

Demak, “SHo'rtan” jamoasi 9 yanvar kuni Olmaliq shahridagi yangi qurilgan suniy qoplamali maydonda “Olmaliq” klubiga qarshi, 12 yanvar kuni esa “Obod” jamoasiga qarshi. Bu uchrashuv ham suniy qoplamali maydonda bo'lib o'tadi.

Ikinchi bosqich tayyorgarliklari 16 yanvar kuni nihoyasiga etadi va futbolchilarga to'rt kunlik qisqa tanaffus beriladi.

Mavsumga tayyorgarliklarning uchinchi bosqichi 20 yanvardan 1 fevralga qadar yana Toshkent shahrida davom ettiriladi. Ana shu vaqt mobaynida yana to'rtta nazorat uchrashuvlari o'tkazish muljallangan. Demak, uchrashuvlar 22 yanvar kuni "Qo'qon-1912", 25 yanvar kuni "Neftchi", 28 yanvar kuni "Metallurg" va 31 yanvar kuni "Andijon" jamoalariga qarshi o'tkaziladi. Ushbu uchrashuvlar o'tkaziladigan stadionlar keyinchalik tomonlarning o'zaro kelishuviga binoan aniqlab olinadi.

Yana bir yangilik, yaqin kunlarda “SHo'rtan” safiga ikki legioner ko'rikdan o'tish uchun kelishi kutilmoqda. Hozirgi kunlarda ushbu legionerlarning yurtimizga kelish viza masalalari hal qilinmoqda. Bu legionerlarning biri evropalik, ikkinchisi osiyolik bo'ladi. Biz bu legionerlar haqidagi aniq malumotni keyingi xabarlarimiz orqali etkazamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика