So’nggi yangiliklar

10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  1 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  1 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  5 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  4 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  3 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  9 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2 04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   15 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  2 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  20 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  5 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  3 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  4

“SHo'rtan” sho'ng'ishda davom etadimi? Yangiliklar

“SHo'rtan” sho'ng'ishda davom etadimi?

Qashqadaryo viloyatida futbolga bo'lgan etibor va g'amxo'rlik ayrim hududlarimizda hozirgacha orzu bo'lib qolayotgani sir emas.
Ayniqsa vohalik futbol ishqibozlariga boshqa ko'pgina viloyatdagi futbol muxlislari havas qilishi ko'pdan buyon bizga malum.

Qashqadaryo viloyatidan erkaklar o'rtasidagi katta futbolning yuqori ligasida uch jamoa, ayollar o'rtasidagi oliy liga chempionatida  ham uch jamoa ishtirok etmoqda Boshqa ligalarda ham kam jamoa ishtirok etayotgani yo'q. Bu albatta tahsinga sazovor.

Futboldek qimmat “ermak” uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish uchun qanchadan-qancha mablag'lar, kuch, sayi-harakat va asab kerakligini futbol tashvishida yurgan insonlar juda yaxshi bilishadi. Bundan ko'pgina muxlislar ham boxabar. CHunki aksariyat futbol muxlislarining hayot mazmuni futboldan ayro emas.

Xo'sh, mana shuncha mablag' va sayi-harakatlar evaziga qurilgan futboldagi masul kishilar o'zlarining olib borayotgan faoliyatidan ozgina bo'lsa ham “qizarishadi”mi?

Aslida ushbu fikrlarni qozozga tushirishga sabab, 20 iyun kuni bo'lib o'tgan “SHo'rtan” – “Lokomotiv” uchrashuvining natijasi bo'ldi. Bu natijadan biz fojea yasash niyatimiz yo'q, ammo muxlis sifatida befarq bo'lib, jim ham tura olmaymiz.

Keling bu yilgi mavsumda “SHo'rtan” jamoasining ko'rsatgan natijalarini bir eslatib o'tsak:

1-tur: “Neftchi” – “SHo'rtan” 1:1

2-tur: “SHo'rtan” – “So'g'diyona” 3:0

3-tur: “Bunyodkor” – “SHo'rtan” (qoldirilgan)

4-tur: “SHo'rtan” – “Dinamo” 1:0

5-tur: “Paxtakor” – “SHo'rtan” 2:1

6-tur: “SHo'rtan” – “Nasaf” 1:2

7-tur: “Andijon” – “SHo'rtan” 0:0

8-tur: “SHo'rtan” – “Olmaliq” 3:3

9-tur: “Quqon-1912” – “SHo'rtan” 2:1

10-tur: “SHo'rtan” – “Buxoro” 4:1

11-tur: “Qizilqum” – “SHo'rtan” 3:1

12-tur: “Mashal” – “SHo'rtan” 1:2

13-tur: “SHo'rtan” – “Lokomotiv” 0:4

Mavsum boshida hozirgi paytda turnir jadvali peshqadamlaridan biri “Neftchi” jamoasi bilan safarda 1:1 natija qayd etgan Muxtor Qurbonov jamoasi 9-turda chempionatimiz debyutanti “Quqon-1912” jamoasiga 2:1 hisobida yutqazib qo'ygan. Amaldagi chempion “Paxtakor” bilan safarda 2:1 hisobini qayd etgan jamoa 13-turda, yana o'z maydonida “Lokomotiv”ga 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchrayapti.

Bunga sabab nima bo'lishi mumkin? Kelishilgan o'yin deb, baholashdan yiroqmiz. Ammo bir achinarli tomoni shundaki, bosh murabbiy Muxtor Qurbonovning “Lokomotiv” jamoasiga qarshi qo'llagan taktikasi va tashkil etgan o'yini futbolga ozgina tushungan odamda shubha o'yg'otishi turgan gap. Nima, janob Qurbonov bolalar bog'chasidagilarga futbol spektakli qo'yib berayaptimi yoki umri changalakzorda o'tgan futbol yoki civilizaciyadan yiroq yovvoyi odamlar uchun futbol ko'rsatmoqchi bo'ldimi? Balki, qashqadaryolik futbol ishqibozlari futbolga unchalik tushunmaydi degan, fikrdadir! Agar shunday bo'lsa, qattiq adashadi.

Uchrashuv boshlangandan oldinga o'tgan mehmonlar vakili Jasur Hasanov (kattasi) bir necha marotaba himoyachilar qo'rg'onini buzib o'tishga muvaffaq bo'ldi, afsuski ketma-ket ana shunday vaziyatlarda himoyachilar ham Jasurga ortiqcha qarshilik ko'rsatishmadi va yana shunday tashkillashtirilgan reydda Jasur Hasanov hisobni ochdi. Odatda mana shunday holatlarda jamoa murabbiyi birdan o'rnidan turib, o'z qo'l ostidagilarga tanbeh beradi yoki bo'lmasam harakatidan ko'ngli to'lmagan o'yinchini almashtiradi va hakoza chora ko'radi. Muxtor Qurbonovchi? U xuddi to'yga kelgan aziz mehmondek, tomoshabin bo'lib qolaverdi. Eng qizig'i uning tarafidan hech qanday reakciyani ko'rmadik.

O'yinning qolgan vaqtlarida ham Muxtor Qurbonovning o'yinga bo'lgan munosabati o'zgarmadi, yoki o'yin taktikasi ham o'zgarmadi, natijada yana gol va yana gol,gol!

Xullas sharmandalik hisobda imkon boy berildi. Voha futboli ishqibozlarining hafsalasi pir, kayfiyati nol bo'ldi. To'g'risi, biz “SHo'rtan”ning 6-turda “Nasaf”ga qarshi o'tkazgan o'yinidan va O'zbekiston Kubogi bahsida “Paxtakor” jamoasi ustidan qo'lga kiritilgan g'alabasidan kelib chiqib, “Lokomotiv”ga qarshi bo'lgan uchrashuv ham murosasiz bo'lishini kutgan edik, afsuski, bunday bo'lmadi.

Keyingi paytda “SHo'rtan” jamoasining moliyaviy ahvoli to'g'risida rasmiy bayonot matbuotda bir ko'rinish berdi-yu yana yo'qoldi. Balki, haqiqatan shundaydir! Balki jamoaning homiylarga bu – “munosib javobi”dir! SHunday bo'lsa, kechirasizlar hurmatli murabbiy va futbolchilar, odamda salgina oriyat va g'urur ham bo'lishi kerak! Hamma narsani pul bilan o'lchab, pulga chaqcangiz kasbingizni o'zgartirishni maslahat beramiz. Ana tadbirkorlik qiling, biznes bilan shug'ullaning! Davlatimiz tomonida tadbirkorlikka keng yo'l ochib berilmoqda.

Ammo siz bugun futbolchi yoki murabbiy undan sal nariga o'tsak, nomi chiqqan klubga rahbarlik qilayapsiz! Faqat o'zingizni va pulni o'ylamasdan muxlislarni ham o'ylang, agar qo'lingizdan kelmasa, ozgina g'urur bo'lmasa, o'rningizni futbolga fidoiy insonlarga bo'shatib qo'ying. Bunday insonlar Amir Timur bobomizdek  buyuk insonni o'lg'aytirgan Qashqadaryo vohasida ko'plab topiladi.

SHu o'rinda klubga homiylik qilayotgan “SHo'rtangaz” unitar korxonasi rahbarlariga ham bu haqda do'ppini stolga qo'yib bir jiddiyroq o'ylab ko'rishni taklif etgan bo'lardik. Axir Siz rahbarlik qilayotgan katta bir korxona ishchi-xodimlari, zahmatkash mehnatkashlari kechani-kecha demay, Qashqadaryoning qahraton sovug'iyu, jazirama issiq ob-havosiga qaramay topayotgan pullari evaziga “boqib” turgan “boqimandalar”ingiz berayotgan “non”laringizni ishonchini oqlayaptimikan? Bilamizki, Siz tomondan “pul bergan paytimiz yutinglar, pul yo'q payti bilganlaringni qilinglar”,  degan gap-so'zlar aytilmagan bo'lsa kerak! Balki bundaylarga pul berish bilan birga salgina oriyat va g'urur haqida, Qashqadaryodek keng salohiyatli viloyatning sharafi va obro'yi haqida ozgina “dars” berish kerakdir. Yoki bu “noziktab” rahbar, murabbiy va futbolchilarga shunday “qulay” sharoitlarni qilib berishda davom etaverasizmi?

Uzoqqa bormasdan vohamizning yana bir jamoasi “Nasaf”dagi rahbar, murabbiy va futbolchilardan nega o'rnak olmaysiz? Biz muxlislar bir narsani juda ko'p yillardan beri kuzatib kelayapmiz, boshqa kuchli jamoalar oldida “yuvvosh” tortib qoladigan vohamiz jamoalari aynan “Nasaf”ga qarshi o'yinlarda “tishlarini ko'rsatgilari” kelib qoladi, “Nasaf”ni to'xtatish uchun bor kuchini va hattoki jonini berishga ham tayyor turadi. Mayli, buni biz olqishlaymiz, muxlis uchun kurashlarga boy va murosasiz o'yin ko'proq zavq beradi. Ey shovvozlar, shu kuchlaringni boshqa jamoalarga ham ko'rsatinglar, sizlarning o'yinlaringdan ham juda ko'p qora ko'zlar ijobiy natija kutib turganini ozgina bo'lsa ham his qilinglar! Hamma sizlarga ham qoyil qolsin, stadioniingizga muxlis sig'may ketsin! Afsuski, bu voqea bo'lmayapti, bo'lmasa ham kerak. Mayli, “Nasaf” bir yo'lini qilar, u erda har holda oriyati va g'ururi borlar ishlayapti, shunga bo'lsa kerakki “Nasaf”ga bo'lgan mehr va etirof nafaqat Qashqadaryoda balki, boshqa viloyatlarda ham ko'paysa ko'payaptiki, kamaygani yo'q.

Biz “SHo'rtan”ni hech bo'lmaganda kuchli to'rtlikka kirishini juda xoxlagandik. Ishonamanki, jamoa bunga qodir. Faqatgina ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilsa, homiy tomonidan ozgina etiboru, shunga yarasha talab qo'yilsa bas!

Olim Tolipov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика