"SHo'rtan": Rustam Azamov umumiy guruhga qo'shildi
12 iyu 2015 10:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/175127_original.jpg)
![](/upload/storage/175127_220.jpg)
"SHo'rtan": Rustam Azamov umumiy guruhga qo'shildi
Joriy yilgi chempionatda “Oq bo'rilar” jamoasi sharafini himoya qila boshlagan Rustam Azamov, kutilmaganda “So'g'diyona”ga qarshi G'uzorda kechgan uchrashuvda oyog'idan jarohat olgan edi.
Keyinchalik shifokorlar tashhisiga ko'ra, bu jarohat jiddiy bo'lib chiqdi. Himoyachi aprel oyi boshida Moskvaga borib, jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'ldi va yaqin kungacha davolanish muolajalarini boshidan o'tkazayotgandi. Klub shifokori - Alisher Abdurahmonovning bergan malumotlariga qaraganda, kuni kecha u umumiy guruhdagi yigitlar bilan birgalikda mashg'ulotlarga kirishgan. “Ayni paytda Rustam Azamovning sog'ligi yaxshi. Futbolchini bezovta qiladigan holatlar kuzatilmayapti. Tiklanish jarayoni ham ko'ngildagidek kechmoqda. SHifokorlar tomonidan barcha tibbiy maslahat va yordam ko'rsatilmoqda. Azamov tez orada “SHo'rtan” safiga qaytishi kutilmoqda”, - deydi A.Abdurahmonov.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar