So’nggi yangiliklar

16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  17 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  0 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  3 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  4 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  5 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  18 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  24 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3

"SHo'rtan" o'ziga bosh murabbiy tayinlay olmayapti Yangiliklar

"SHo'rtan" o'ziga bosh murabbiy tayinlay olmayapti

Teglar :  SHo'rtan
G'uzorning “SHo'rtan” klubi 12 may kuni bosh murabbiy Asror Aliqulovni istefoga chiqardi.

Unga qo'shilib, katta murabbiy Botir Qodirqulov ham ishdan ketdi.

Ayni vaqtda “SHo'rtan” Yorqin Nazarov hamda Murod Otajonovni jamoa murabbiylari sifatida ro'yxatdan o'tkazish uchun harakat qilmoqda. Biroq PFL bu ishga shoshilayotgani yo'q. Sababi, “SHo'rtan” ishdan ketkazilgan murabbiylar bilan to'liq hisob-kitob qilmagan.

Endilikda qaysidir klub bosh murabbiyni istefoga chiqarsa va u bilan hisob-kitobni to'liq yakunlamasa, yangi murabbiylarni ro'yxatdan o'tkazish uchun ruxsat etilmaydi. Qarzdorlik yil yakuniga (katta ehtimol bilan kelasi yillarga) qolib ketmasligi shart.

 “SHo'rtan” klubi rahbariyati yaqin vaqt ichida Aliqulov hamda Qodirqulovning qarzlari to'lab berilishi borasida kafolat xati berib, o'z ishini yakunlashi mumkin. Biroq kafolat xatida ko'rsatilgan muddatdan bir kun o'tsa ham, klub jazoga tortiladi.

 Ayni vaqtda PFLga qarzdorlik bilan bog'liq juda ham ko'p arizalar va shikoyat xatlari kelib tushgan. Bu borada ish olib borilyapti. Va albatta shunday ishlar keyinchalik ham davom etmasligi uchun, klublar hozirdanoq ishni puxta bajarishi shart. Murabbiyni istefoga chiqarishni bilgan rahbariyat, uning qarzini ham vaqtida qaytarishni bilishi kerak.

 Futbolchi va murabbiylar shartnoma tuzayotganida ehtiyot bo'lishi so'raladi. Ulardan biri malum yil uchun haqini olmay turib, kelasi yilga ham shartnoma tuzsa, PFL keyinchalik ularning yoni bo'lmasligi katta ehtimol. Futbolchilar ham, murabbiylar ham o'z haq-huquqini bilishi va uni talab qilishni o'rganishi kerak. Bu masala hamda futbolchilarning klublar bilan shartnomalari masalasi oldinda alohida ko'rib chiqiladi hamda tuzilajak yangi reglamentdan joy oladi.

P.S. “SHo'rtan” klubini 12 may sanasidan buyon vaqtinchalik Bahodir SHoymardonov boshqarib turibdi. Bungacha u klubning texnik direktori lavomizimida faoliyat ko'rsatib kelayotgandi. O'tgan vaqt ichida “SHo'rtan” 4 ta o'yinda ishtirok etib, shularning 3 tasida imkoniyatni boy berdi. 2 ta o'yinda yirik mag'lubiyatlar kuzatildi. Jamoa rahbariyati natijalarni yaxshilashni istasa, bosh murabbiy masalasini tezroq hal qilishi kerak. Ish tez hal bo'lishi uchun esa, klublar masalaga jiddiy yondoshishga majbur.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика