"SHo'rtan" - Oliy ligada !
08 okt 2014 18:41
Yangiliklar

"SHo'rtan" - Oliy ligada !
Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston birinchi ligasi doirasidagi ikkinchi bosqichning 12-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Unda G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi o'z maydonida Toshkentning "Oqtepa" jamoasini qabul qilib navbatdagi g'alabasiga erishdi. Ushbu g'alaba "oq bo'rilar"ni yana O'zbekiston Oliy ligasiga qaytishi uchun etarli bo'ldi. Muddatidan to'rt tur avval g'uzorliklar oldiga qo'yilgan vazifani uddaladi.
"SHo'rtan" ayni vaqtga kelib 70 ochko bilan birinchi ligadan Oliy ligaga yo'l olgan birinchi jamoaga aylandi. G'uzorliklar eng yaqin taqibchisi "Qo'qon-1912"ni ayni vaqtda 11 ochko bilan ortda qoldirmoqda. Bugungi raqibi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "Oqtepa"dan 18 ochko ilgarilab ketdi.
Barcha klub muxlislarini yana Oliy liga bilan tabriklaymiz !

Fikrlar