So’nggi yangiliklar

07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  1 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  3 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  6 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  2 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  11 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12

“SHo'rtan” oldiga elitaga qaytish vazifasi qo'yildi Yangiliklar

“SHo'rtan” oldiga elitaga qaytish vazifasi qo'yildi

G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi yana kuchlilar safiga qaytishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Klub matbuot xizmatining “SA”ga xabar berishicha, kuni-kecha jamoaning Qarshidagi ofisida klub rahbarlari, homiylar va barcha ishchi xodimlar o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Bundan ko'zlangan maqsad jamoaning ortda qolgan mavsumdagi ishtirokini taxlil qilib, undan to'g'ri xulosa chiqarib olish edi.
SHuningdek yig'ilishda “SHo'rtan”ning yana avvalgi qaddini rostlash joizligi alohida takidlandi. Bu borada bosh xomiy “SHo'rtanneftgaz” mavsum mobaynida moliyaviy muammolar bo'lmasligini ham alohida takidladi.

Klub rahbariyati ham o'z navbatida jamoaning yana oliy ligaga qaytarish uchun bor kuch bilan ishlashini aytib o'tdi.  SHu tariqa “SHo'rtan”ning oldiga aniq maqsad va vazifalar qo'yildi.
Bo'lib o'tgan yig'ilishda bosh murabbiy masalasi ham ko'rib chiqildi va joriy yil klubni Muxtor Qurbonov boshqaradigan bo'ldi.
Bu bejiz emas albatta. Boisi Qurbonov ilgari futbolchilik davrida ham “SHo'rtan” sharafini himoya qilgandi. Qolaversa murabbiylik chog'ida ham jamoada assisent sifatida faoliyat yuritgan. Qisqasi “SHo'rtan” uchun begona emas va klubning xolatidan xabardor.

Yangi bosh murabbiyga kimlar yordam berishi hozircha rasman tasdiqlangani yo'q. Jamoa esa yig'inni 7 yanvardan boshlaydigan bo'ldi.  Aynan ushbu yig'in davomida tarkibda ham o'zgarishlar qilinadi.

Rahbariyat va murabbiylar shtabi o'zaro kelishgan xolda, asosiy tarkibning o'zagi saqlanib qolinishiga kelishib olindi. SHu bois imkon o'sib kelayotgan yosh iqtidorli o'yinchilar bilan bir qatorda mahoratli futbolchilarni ham jamoada olib qolish choralari ko'rib chiqilmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика