So’nggi yangiliklar

18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  0 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  25 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1

SHomurodovning sobiq jamoadoshi, Turkiya termasida 100 ta o'yin o'tkazgan xavbek va boshqalar. Sentyabr oyida butsalarini mixga ilishga qaror qilgan mashhurlar Yangiliklar

SHomurodovning sobiq jamoadoshi, Turkiya termasida 100 ta o'yin o'tkazgan xavbek va boshqalar. Sentyabr oyida butsalarini mixga ilishga qaror qilgan mashhurlar

Oxirgi bir oy davomida jahonning bir qator futbolchilari faoliyatlarini yakunlaganini elon qildi. Ular qatorida darvozabon va boshqalar ham borligini ko'rish mumkin.

Quyida ular haqida so'z yuritamiz.

Fabian Delf
Faoliyati davomida "Manchester Siti", "Lids", "Aston Villa" va "Everton" kabi klublarda o'ynagan Fabian Delf futbolchilik faoliyatiga yakun yasaganini malum qildi. Ajablanarli tomoni shundaki, Delf 32 yoshida futbol bilan xayrlashdi. Bunga qaysidir manoda unda davom etgan jarohatlar sabab bo'ldi. U ko'p vaqtini maydon tashqarisida o'tkazishga to'g'ri keldi. Malumot uchun, Delf Angliya terma jamoasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurgandi. 




Jon Obi Mikel

Ulkan faoliyatga ega bo'lgan nigeriyalik futbolchi ham butsalarini mixga ildi. Buni u quyidagicha izohladi. "Barcha yaxshi narsalar tugaydi. Men ham professional faoliyatimga bugun yakun yasadim. 20 yillik faoliyatim davomida erishgan yutuqlarimdan mamnunman",- deb yozadi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarida. Obi Mikel “CHelsi”, “Midlsbro”, “Trabzonspor”, “Stok Siti” va “Quvayt SK” klublari sharafini himoya qildi. So'nggi klubi aynan Osiyo klubi bo'ldi. U Nigeriya terma jamoasi safida 91ta uchrashuv o'tkazgan va 6 marotaba to'p kiritgan. “CHelsi” bilan APL, Angliya Kubogi, ECHL, EL kabi musobaqalarda g'olib chiqqan.




Goran Pandev

SHimoliy Makedoniya futboli afsonasi bo'lgan Pandev 39 yoshida butsalarini mixgi ilishga qaror qildi. Pandev 22 yillik faoliyati davomida "Inter", "Napoli", "Latcio", "La Speciya", "Jenoa", "Parma", "Galatasaroy" klublarida to'p tepgan. Uning hisobida A Seriyada jami 493ta o'yin va 101 ta gol bor. Klub miqyosida hujumchi 2010 yilda "Inter" bilan treblga erishgan. SHuningdek, "Lacio" va "Napoli" bilan ikki marotaba Italiya Kubogida zafar quchgan. “Jenoa” safida hamyurtimiz Eldor SHomurodov bilan birgalikda to'p tepdi.




Ben Foster

Angliya terma jamoasining sobiq kiperi Ben Foster ham 39 yoshida qo'lqoplarini mixga ilishga qaror qildi. Uning so'nggi jamoasi “Uotford” klubi bo'ldi. Foster faoliyati davomida uch marta Angliya Liga Kubogini yutgan: ikki marta “Manchester Yunayted” va bir marta “Birmingem” bilan. Angliya terma jamoasi tarkibida u 8 ta o'yin o'tkazib, 2014 yilgi Jahon chempionatiga yo'l olgan va u erda Kosta-Rika bilan o'yinda (0:0) maydonga tushgan. Foster endilikda bor etiborini YouTube kanalini faol rivojlantirmoqchi. Kanal 1 milliondan ortiq obunachiga ega.




Arda Turan


Janjal va mojarolarni xush ko'ruvchi Arda Turan ham faoliyatini yakun yasadi. 35 yoshli yarim himoyachining so'nggi klubi oxirgi ikki mavsumni o'tkazgan "Galatasaroy" bo'ldi. Turan aynan shu jamoada professional faoliyatini boshlagan. Turan faoliyati davomida "Istanbul", “Barselona” va “Atletiko” klublarida ham to'p tepgan. Faoliyati davomida La Liganing 2 karra chempioni hisoblanadi. U "Barselona" va "Atletiko Madrid" bilan bir martadan La Liga chempionligini qo'lga kiritgan. SHuningdek, Kataloniya jamoasi bilan ikki marta Ispaniya kubogi va bir marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan, Madrid jamoasi bilan esa bir marta Ispaniya kubogi va Superkubogi, Evropa ligasi va UEFA Superkubogi sohibiga aylangan. Arda Turkiya terma jamoasi safida 100 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urgan hamda 2008 yilgi Evropa chempionatining bronza medali sovrindori bo'lgan.




Nacho Monreal


“Arsenal”ning sobiq 36 yoshli futbolchi professional futboldagi faoliyatini yakunladi. Monreal avvalroq 2019 yildan beri o'ynab kelgan "Real Sosedad" klubini erkin agent sifatida tark etgandi. Monreal faoliyatining eng yaxshi damlarini Londonning "Arsenal" jamoasida o'tkazdi va uch marta Angliya Kubogini qo'lga kiritdi. Nacho "kanonirlar" safiga 2013 yilning qishida kelib qo'shilgan va jamoa safida barcha musobaqalarda 251 ta o'yinda maydonga tushgan.



Samandarbek tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика