So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   7 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

SHomurodovning dubli "Nasaf"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

SHomurodovning dubli "Nasaf"ga g'alaba keltirdi

Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Dinamo" uchrashuvi matnli onlayn translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Oliy liga, 13-tur.

Nasaf (Qarshi) – Dinamo (Samarqand) 2:0 

19 iyun 2015. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 20:00

Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), D. Muxtorov (Toshkent)

Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

Gollar: Ilhom SHomurodov 2 (SHuhrat Muhammadiev) Ilhom SHomurodov 79.

"Nasaf": 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov (27.Ilhom Yunusov, 63), 9.Ilhom SHomurodov, 15.Roy Rok (34.Farruh Sayfiev, 46), 17.Artur Gevorkyan, 18.Bahrom Abduraximov, 20.Erkin Baydullaev, 22.SHohruh Gadoev, 23.SHerzod Azamov, 28.SHuhrat Muhammadiev, 32.Hamza Karimov.

Zaxira: 30. O'tkir Yusupov, 5. Botir Qoraev, 7. Akram Bahritdinov, 14. SHarof Muhitdinov, 27. Ilhom Yunusov, 34. Farruh Sayfiev, 43. Bobir Abdiholiqov.

"Dinamo": 25.Muhiddin Xudoyorov, 5.Ildar Mamatkazin, 7.Otabek Zokirov (19.Islom SHaripov, 74), 10.Aziz Ibragimov, 16.Akmal Xolmurodov, 17.Jasur Azimov (23.Timur SHaripov, 65), 26.Komil SHarofutdinov, 29.Marufjon Murodov, 33.Nikolay CHipev, 55.Avaz Agaliev, 95.Firdavs Abdusalimov.

Zaxira: 27. Andrey Melnichuk, 2. Mirkomil Lokaev, 4. Bunyod Isroilov, 9. Pavel Smolyachenko, 19. Islom SHaripov, 22. Murodjon To'ychiboev, 23. Timur SHaripov.

Ogohlantirishlar: Akmal Xolmurodov (29), Bahrom Abduraximov (38), Artur Gevorkyan (58), SHuhrat Muhammadiev (67)

CHetlatishlar: Bahrom Abduraximov (49), Nikolay CHipev (50)




                                MATNLI TRANSLYACIYA

                                          YANGILASH


90+3. O'yin tugadi. "Nasaf" o'z uyida ishonchli g'alabaga erishdi

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Aziz Ibragimov ogohlantirildi.

89. Artur Gevorkyan o'rniga SHarof Muhiddinov maydonga tushdi.

88. Farruh Sayfiev ajoyib vaziyatga chiqib bordi va yaqin burchakka zarba berdi. "Dinamo" posboni jamoasini muqarrar goldan saqladi.

82` O'zgarish. "Dinamo". Akmal Xolmurodov o'rniga Bunyod Isroilov tushdi.


81` "Dinamo" futbolchisi Komil SHarofetdinov ogohlantirish oldi.


80` Farruh Sayfievning qanotdan oshirib bergan to'pini SHomurodov boshi bilan darvozani ishg'ol etdi.


79` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ILHOM SHOMURODOV!


78` O'yin tempi tushib ketdi. Jamoalar navbati bilan to'pni nazorat qilishmoqda.


74` O'zgarish. "Dinamo". Otabek Zokirov o'rniga Islom SHaripov maydonga tushdi.


73` Erkin Baydullaev ikkita futbolchini aldab o'tib, raqib jarima maydonchasi ichiga kirganida yiqitildi. Lekin SHerzod Qosimov penalti belgilashga jazm etmadi.


72` Uchrashuvdagi ustunlik "Dinamo" tomoniga o'tdi.


70` Burchak zarbasidan so'ng Eldor Suyunov hammadan chaqqon o'ynab to'pni egallab oldi.


69` "Dinamo" hujumkorlik oshirmoqda.


68` Bugungi o'yinni bevosita stadiondan 2906 nafar ishqiboz tomosha qilib bormoqda.


67` SHuhrat Muhammadiev hakam tomonidan ogohlantirildi.


67` O'zgarish. "Dinamo". Jasur Azimov o'rniga Timur SHaripov maydonga chiqdi.


66` Avaz Agalievning kuchli va aniq zarbasini Suyunov katta mahorat ko'rsatib qaytarib qolmoqda. Eldor Suyunovga tasanno!


65` Erkin Baydullaev hozir raqib xamlasini bartaraf etib qoldi. Baydullaev markaziy himoyachi rolida ham bugun faol o'ynamoqda.


63` O'zgarish. "Nasaf". Maqsud Karimov o'rniga Ilhom Yunusov maydonga tushdi.


60` "Dinamo"ning hujumi. Maruf Murodovning zarbasini Eldor Suyunov ushlab oldi.


59` Uzoq tashkil etilgan hujumni Erkin Baydullaev uzoqdagi zarbasi bilan yakunlamoqchi bo'ldi. Ammo zarba noaniq ketdi.


57` SHerzod Qosimov Artur Gevorkyanga ham ogohlantirish ko'rsatdi. Jasur Azimovga nisbatan turkmanistonlik futbolchi qo'pol o'ynadi.


54` "Nasaf"ning hujumi. Farruh Sayfiev jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib oldi va to'pga zarba berishda biroz kech qoldi. Qulay fursat boy berildi.


52` Otabek Zokirov jarima zarbasini noaniq amalga oshirdi.


50` SHerzod Qosimov endi "Dinamo" futbolchisiga ham qizil kartochka ko'rsatib yubordi. Nikolay CHipev ortiqcha gap-so'zlari uchun maydondan chetlatildi.


49` Bahrom Abdurahimov Avaz Agalievga nisbatan qoidani buzdi va ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.


48` SHuhrat Muhammadiev, Maqsud Karimov, Farruh Sayfievning faolligi evaziga tashkil etilgan hujumni SHohruh Gadoev o'zining kuchli zarbasini unumli yakunlamoqchi bo'lgandi. Biroq uning zarbasi noaniq chiqdi.


46` O'zgarish. "Nasaf". Roy Rokning o'rniga Farruh Sayfiev maydonga tushdi.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!


45` Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!


44` "Dinamo" yaxshi hujum tashkil etdi. Aziz Ibragimov to'pga zarba berishga biroz kechikdi. Aks holda mehmonlar tanaffusga durang natijasi bilan chiqib ketishlari mumkin bo'lardi.


43` "Nasaf"ning hujumi besamar ketdi.


41` Havo juda issiq. SHu bois futbolchilar ham ancha toliqib qolishgan.


38` Maydon markazidagi qo'pollik uchun "Nasaf" azosi Bahrom Abduraximov ogohlantirildi.


37` O'yin asosan maydon markazida kechmoqda. Jamoalar hujum tashkil etishga shoshilishayotgani yo'q.


35` SHohruh Gadoev jarohat olib maydonda yiqildi Unga jamoa shifokorlari tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.


33` "Nasaf" tarkibidagi Erkin Baydullaev hozircha maydondagi eng faol futbolchi bo'lib turibdi. Erkin Baydullaev raqib hujumini buzishda ham, jamoasining hujumini tashkil etishda ham yaxshi o'ynamoqda.


31` Bugungi o'yinni kuzatish uchun "Paxtakor" murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy Qarshiga tashrif buyurgan. Keyingi turda "Nasaf" Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'ladi. Bu borada "sherlar" raqibni puxta o'rganishmoqda.


29` Ilhom SHomurodovga nisbatan qo'pollik ishlatgan Akmal Xolmurodov sariq kartochka bilan siylandi.


28` Nikolay CHipev yana uzoq masofadan zarba yo'lladi. Bu safargi zarba kuchsiz va noaniq.


26` Nikolay CHipevning jarima zarbasidan tepgan to'pini Suyunov ushlab oldi.


25` O'yin surati biroz pasaydi.


23` Artur Gevorkyanning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini Hamza Karimov boshi bilan darvozaga yo'llagandi. Biroq zarbaga biroz aniqlik etishmadi.


20` Roy Rokning to'p oshiridan so'ng Xudoyorov qiyinchilik bilan to'pni maydondan tashqarisiga chiqarib yubordi. Bu vaziyatda Muhiddin Xudoyorovga ham tasanno aytish kerak!


19` Xavfli vaziyat! "Dinamo"ning hujumi! Eldor Suyunovdan ajoyib "seyv"!!!!! Uzoqdan tepilgan zarba yo'l-yo'lakay "Dinamo" futbolchisining boshiga tegib darvozadan o'rin olayotgan bir paytda Suyunov mahorat ko'rsatib to'pni qaytarib yubordi. CHiroyli vaziyat va ajoyib "seyv"!


17` "Nasaf"ning navbatdagi xavfli hujumi. Artur Gevorkyan Ilhom SHomurodovni aniq to'p uzatishi orqali yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Biroq Ilhom to'pni yana Arturga qaytardi. SHoshilinchda tepilgan to'p darvozaga aniq bormadi.


15` "Dinamo" jamoasi ham o'yin debyutiga nisbatan o'z o'yinini kuchaytirdi va oldinga o'tmoqda. Avaz Agalievning kuchli zarbasini Suyunov bartaraf etishga erishdi. "Dinamo" futbolchilari ancha faollashishdi.


14` Nikolay CHipevning faolligi evaziga tashkil etilgan hujumni Aziz Ibragimov rivojlantirdi. Biroq Eldor Suyunov o'z jarima maydonchasi ichida ishonchli o'ynadi va to'pni egallab oldi.


13` "Dinamo" hujum tashkil etishga urinib ko'rdi. Marufjon Murodovning qanotdan jarima maydonchasiga oshirib bergan to'pini Eldor Suyunov xotirjamlik bilan ushlab oldi.


11` "Nasaf" butun jamoa bo'lib maydonning ikkinchi yarmida harakat qilmoqda.


10` "Dinamo" futbolchilari ham endi asta-sekin o'yinni o'z jarima maydonchalari oldidan uzoqlashtirishga urinishmoqda. Lekin hozircha hujum tashkil etishni uddasidan chiqishganicha yo'q.


8` Erkin Baydullaev bugun ajoyib futbol ko'rsatmoqda. Qoyil. Hozir ham Baydullaev maydon markazidan turib Roy Rokni juda qulay vaziyatda chiqarib yubordi. Rok biroz to'pga eta olmadi. Aks holda Roy Rok ikkinchi golni urishi mumkin edi.


7` "Nasaf" raqib darvozasi oldida ketma-ket hujumlarni sodir etmoqda. To'liq ustunlik "ajdarlar" tarafida.


6` "Nasaf" hujumda, "Dinamo" himoyada o'ynamoqda.


4` Gol kiritilgan vaziyatda Erkin Baydullaev hamda SHuhrat Muhammadievning harakatlarini alohida takidlash joiz.


3` "Nasaf" futbolchilari uchrashuvni hujumkor ruhda boshlashdi va chiroyli kombinaciya orqali mehmonlar darvozasini tezkorlik bilan ishg'ol etishdi. Erkin Baydullaev qanotdan jarima maydonchasiga kirib borayotgan SHuhrat Muhammadiev to'p bilan taminladi. SHuhrat esa mohirlik bilan ikki futbolchi orasidan o'tib ketdi va ochiq turgan Ilhom SHomurodovga to'pni uzatdi. SHomurodov esa bo'sh qolgan darvozani aniq "o'qqa" tutdi. CHiroyli gol!


2` GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ILHOM SHOMURODOV!


1` Uchrashuv boshlandi!


- O'yinni mehmonlar "Dinamo" jamoasi futbolchilari boshlab berishadi.


- Qarshida bugungi o'yinga bo'lgan qiziqish yuqori darajada deb bo'lmaydi. Muxlislar tashrifi juda past.


- Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda...


- Mehmonlar muxlislari uchun ajratilgan sektorga Samarqanddan kelgan 20 nafardan ortiq ishqibozlar o'tirishipti.


- Qarshidagi o'yin garchi kech va qulay vaqtda boshlanayotganiga qaramasdan, havo juda issiq va dim.


- Jamoalar maydonga chiqib kelishgan va o'yinoldi chigalyozdi mashqlarini bajarishmoqda.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Qarshi shahridagi "Markaziy" o'yingohda "Nasaf" hamda "Dinamo" jamoalari o'zaro kuch sinashishadi. Ushbu o'yindan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyasini amalga oshiramiz. Xizmatingizda kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика