So’nggi yangiliklar

02:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, мадридликлар ўйинни бир киши кам бўлиб тугатишди  12 01:10Февзи Давлетов: "Ўйинга тузган режамиз иш берди, аммо бироз реализация етишмади"  1 01:01Виталий Левченко: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак"  8 00:55Ҳаким Фузайлов: "Шундай юқори талаблар орқали ўзбек футболи тартибланиб боради"  1 00:10"Барселона" Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 23:37Вадим Абрамов: "Бу ташкилотнинг ички иши, ушбу ишларни сизлар муҳокама қилиш ва ёзишларингиз керак"  1 23:27Сергей Лушчан: "Биринчи бўлимда деярли юз фоизлик вазият бўлди, аммо..."  3 23:17Рўзиқул Бердиев: "Бундай ўйинларда кўп вазиятлар яратилмайди"  9 22:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" "Окленд Сити"ни "кўмиб қўйди". Германия чемпионлари Янги Зеландия жамоасига жавобсиз 10 та гол урди  29 22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  175 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  26 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  31 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0 21:12"Рома" Шомуродовни сотишга тайёр, унга даъвогар ҳам бор  40

SHomurodovning agenti: "Roma"ga o'tish Eldorning o'z mehnati va harakati samarasi. Mourinyu u bilan yana bir bor rasmga tushishga tayyorligini aytdi" Yangiliklar

SHomurodovning agenti: "Roma"ga o'tish Eldorning o'z mehnati va harakati samarasi. Mourinyu u bilan yana bir bor rasmga tushishga tayyorligini aytdi"

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov "Roma" klubi bilan 2025 yil oxiriga qadar shartnoma tuzdi.

Rossiyaning "Sport Ekspress" nashri SHomurodovning agenti German Tkachenko bilan suhbatlashdi.

- "Roma" SHomurodov bilan shartnoma tuzilganini elon qildi. Bu o'tish haqida nima deya olasiz? CHetdan qaraganda bu ertakka o'xshaydi: oddiygina o'zbek yigiti top-klubda.

- SHomurodovning "Roma"ga o'tishi - ertak emas. Bu 90 foiz Eldorning mashaqqatli mehnati va qobiliyati, qolgan 10 foiz esa biz shunchaki o'z ishimizni sifatli bajardik. Albatta, bu Eldorning o'z mehnati, qobiliyati va harakati samarasi. Bu A seriyadagi 10 oy ichida urilgan 8ta gol bilan cheklanmaydi. U jamoa uchun ham o'ynadi, sheriklariga vaziyatlar yaratishga urindi. Ishga va insonlarga bo'lgan munosabati ham muhim o'rin tutadi. Qisqa vaqt ichida uni "Jenoa"dagi futbolchilar, baza va klubdagi ishchilar, minglab muxlislar yaxshi ko'rib qolishdi. Umuman olganda, A Seriya uni juda yaxshi qabul qildi. Qishki transfer oynasi vaqtidayoq jurnalistlar va top-klublardan bo'lgan qo'ng'iroqlardan bilib oldik.

- Qachon va qanday qilib "Roma"ning qiziqishi paydo bo'ldi?

- Mish-mish emas, jiddiy qiziqish taxminan 3 hafta oldin paydo bo'ldi. "Jenoa" bizga Rim klubidan qiziqish bo'layotgani haqida malumot berdi va bu haqiqat edi. Bunga qadar barchasi mish-mish edi.




- "Roma"ning qiziqishi haqida eshitganida Eldorning birinchi reakciyasi qanday bo'ldi?

- Biz unga shunday variant borligi aytganimizda: "Oxo. Bu rostmi?" dedi. O'sha paytda u "Jenoa" safida yig'inda edi. U bilan yozgi transfer oynasi vaqtida boshqa davlatga ko'chib o'tmasligi borasida aytdik, shunda ortiqcha asabiylashish bo'lmasdi. "Jenoa"ga faqat klubni ham, futbolchini ham qoniqtiradigan jiddiy taklif bo'lsagina transfer amalga oshishi mumkinligi haqida aytdik. Mana bu amalga oshdi.

- "Roma"da hozir Joze Mourinyu ishlamoqda. Eldor u bilan suhbatlashdimi?

- "Jenoa"ning ruxsati bilan ular telefon orqali gaplashishdi. Joze undan holati, kayfiyati haqida so'radi. "Roma" ayni paytda Portugaliyada yig'in olib bormoqda, Eldor u erga uchib borgach, Joze bazada uni qarshi oldi va kulib yana bir bor rasmga tushishga tayyorligini aytdi: bir necha yil oldin ular Moskvada uchrashib qolishgan va rasmga tushishgandi. Umuman, barchasi ijobiy ruhda o'tdi.

- Bu keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijarami?

- Yo'q, bu to'laqonli transfer", - deydi Tkachenko "Sport Ekspress" nashriga. 

Reyting: +105   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика