SHomurodov va "Rostov" "Zenit"ga qarshi. Prevyu
19 okt 2019 12:52
Yangiliklar
SHomurodov va "Rostov" "Zenit"ga qarshi. Prevyu
Mehmonlarning ayni damdagi formasini hisobga olsak, bu bahsni qo'rqmasdan turning markaziy uchrashuvi desak bo'ladi.
Bu jamoalar turnir jadvalida birinchi o'rinni bo'lishib turibdi. Sergey Semak shogirdlari muhim bahsda "Lokomotiv"ga mag'lub bo'ldi, ammo terma jamoalar tanaffusidan avval "Ural"ni taslim qilib, kayfiyatni ko'tarib olishdi.
"Rostov" hammani hayron qoldirib, chempionlik uchun juddiy davogarga aylandi. To'g'ri, Valeriy Karpin jamoasi mavsum oxirigacha pasayishlarsiz o'ynashi kerak, ammo hozirdanoq rostovliklarni maqtash mumkin. Sankt-Peterburgdagi bahs "Rostov" va uning maqsadlari uchun haqiqiy sinov vazifasini bajaradi.
Statistik malumotlar
- Jamoalar Rossiya Premer-ligasi o'yinlarida 51 marta to'qnash kelishgan: "Zenit" hisobida 25ta g'alaba mavjud, "Rostov" 14 marta zafar quchgan, 12ta bahsda durang qayd etilgan;
- Rossiya chempionatidagi so'nggi 10ta bahsda "Zenit" 5 marta g'alaba qozonib, 2ta uchrashuvda mag'lub bo'ldi va 3ta o'yinda ochkolarni bo'lishib oldi;
- So'nggi 10ta uchrashuni hisobga olsak, har bir bahsda o'rtacha 2,2tadan gol urilgan ("Zenit" 1,6ta gol, "Rostov" 0,6);
- "Zenit" uyida o'tgan oxirgi 5ta bahsda mezbon jamoa 4ta g'alabaga erishib, 1ta durangga erishgan;
Taxminiy tarkiblar:
"Zenit": Lunyov, Karavev, Ivanovich, Rakickiy, Duglas Santos, Driussi, Ozdoev, Barrios, Jirkov, Dzyuba, Azmun.
O'ynamaydi: Igor Smolnikov (jarohat), Emanuel Mammana (jarohat), Malkom (jarohat).
"Rostov": Baburin, Kozlov, CHistyakov, Sigurdsson, CHernov, Normann, Popov, Ionov, Eryomenko, Bayramyan, SHomurodov.
O'ynamaydi: Byorn Sigurdarson (jarohat).
Bugungi bahsda jamoalar o'zlarining ananaviy liboslarida to'p tepishadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar