Shomurodov transfer qiymati bo'yicha "Rostov" hamda O'zbekistonda yetakchi bo'lib oldi (jadval)

Eldor Akmurzayev
23 dek 2019, 15:40
Biroz oldin, Eldor Shomurodovning transfer narxi keskin ko'tarilgan haqida xabar bergandik.

“Transfermarkt” hisob-kitobiga ko'ra, Shomurodov 6,5 mln. evroga (+ 4 mln.ga o'sgan) baholangan. 

Mazkur ko'tarilish Shomurodovni “Rostov”dagi eng qimmat futbolchiga aylantirdi. Undan keyingi o'rinlarda esa Matias Norman (6 mln. evro) hamda Aleksey Ionov (4,5) turibdi.

Shuningdek, 24 yoshli forvard O'zbekistonning ayni vaqtdagi eng qimmat o'yinchisiga ham aylanib oldi. U “Shanxay SIPG” a'zosi Odil Ahmedovni (4,5 mln) quvib o'tdi. Kuchli uchlikka esa “Sharja” yarim himoyachisi Otabek Shukurov yakun yasagan. 

Ma'lumot o'rnida, Eldor Rossiya chempionati joriy mavsumida transfer narxi keskin ko'tarilgan 5 futbolchi qatoridan o'rin egalladi.

1. Magomed-Shapi Suleymanov (Krasnodar) – 6,5 mln.dan 12 mln. evroga (+5,5) ko'tarilgan;

2. Dmitriy Barinov (Lokomotiv) – 8 mln.dan 12 mln. evroga (+4) ko'tarilgan;

3. Matvey Safonov (Krasnodar) – 6 mln.dan 10 mln. evroga (+4) ko'tarilgan;

4. Zelimxan Bakaev (Spartak) – 4 mln.dan 8 mln. evroga (+4) ko'tarilgan;

5. Eldor Shomurodov (Rostov) – 2,5 mln.dan 6,5 mln. evroga (+4) ko'tarilgan.

Akmurzaev Eldor tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia