So’nggi yangiliklar

10:05УEФА ПСЖга катта миқдорда жарима белгилади  0 09:34ПСЖ футболчисини Туркия жамоаси сотиб олди  1 09:03"Барселона" дунёнинг энг қашшоқ давлатларидан бири билан ҳомийлик шартномасини имзолади  2 08:32"Насаф" футзал жамоаси уч нафар Қирғиз Республикаси терма жамоаси аъзолари билан шартнома имзолади  1 08:01Суперлига. Бугун 2-даврага старт берилади  2 07:30Sofascore. Элдор Шомуродов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  28 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  9 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1

SHomurodov: "To'g'risini aytsam, shoshib qoldim" Yangiliklar

SHomurodov: "To'g'risini aytsam, shoshib qoldim"

Singapur - O'zbekiston uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz hujumchisi Eldor SHomurodovdan qisqa intervyu olishga muvaffaq bo'ldik.

- G'alaba va dubl bilan tabriklayman. Singapurga qarshi bahsda foydalana olmagan imkoniyatlaringiz gollaringizdan ko'proq bo'ldi...

- To'g'ri, o'yin taqdirini oldinroq hal qilishim mumkin edi, qo'ldan chiqargan imkoniyatlarim uchun jamoadan uzr so'rayman. Biroq har doim ham raqib darvozasini ishg'ol qila olmaysiz. Bor kuchim bilan harakat qildim, ammo nimadir etishmagandek bo'ldi.

- Bir vaziyatda himoyachidan qochib, darvozabonni ham aldab o'tdingiz, ammo bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadingiz. Nima bo'ldi?

- To'g'risini aytsam, shoshib qoldim. Posbondan o'tganimdan so'ng ikki himoyachini ko'rdim va shu zahoti to'pni darvoza tomonga tepishga urindim. Zarba berayotganda to'p oyog'im ostida qolib ketgani tufayli gol ura olmadim.

- Eshitishimizcha, g'alabadan so'ng "Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin sizga qo'ng'iroq qilibdi. Klubdagi ustozingiz nimalar dedi?

- Murabbiy g'alaba va dublim bilan tabrikladi. Bundan tashqari qachon "Rostov" safiga qaytishimni so'radi. Ertaga Rossiyaga uchib ketaman.

- Singapur terma jamoasining kuchli jihatlari haqida gapirsangiz.

- Raqibimiz jamoaviy o'yinda yaxshi harakat qilar ekan, qo'rqmay pressing uyushtira oldi. Lekin vazifamiz jahon chempionatiga chiqish ekan, bunday jamoalarni taslim etishimiz shart.

Reyting: +160   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика