So’nggi yangiliklar

16:28"Андижон" "Одил Аҳмедов ФА"га мағлуб бўлди  0 16:01Роналду билан шов-шувли интервьюлар уюштирган Пирс Морган Салоҳни суҳбатга таклиф этди  0 15:35Англия терма жамоаси футболчиси барда бир кишини боши билан ургани учун ҳибсга олинди  0 15:04"Тоттенхэм" ҳимоячиси январгача сафдан чиқди  0 14:34"Барселона" ҳимоячиси Мартин: "Айнтрахт" Франкфуртга қарши ўйинда очко йўқотишга ҳаққимиз йўқ"  1 14:05Каррагер: "Салоҳ "Ливерпул"га қўшилишидан олдин "Челси"да муваффақиятсизликка учраган одам сифатида танилганди"  12 13:37Жалолиддин Машариповга водий жамоаларидан қизиқиш бор, бироқ...  4 13:10Суперлига-2025. Автоголлар статистикаси  0 12:50TVCOM'да бугунги ўйинлар: ЕЧЛ қайтди ва бошқалар  0 12:27Transfermarkt: Ўрунов — Эрон чемпионатининг энг қиммат футболчиси, Машарипов ўнликда  5 11:53Зидан "Реал"га мураббийлик қилиш ниятида эмас  3 11:17"Манчестер Сити" ҳимоячиси кулгили тарзда жароҳат олди  4 10:45"Челси" етакчиси EЧЛнинг навбатдаги турида майдонга тушмайди  0 10:14"Андижон" футболчиси: "Мураббий билан ҳаммаси яхши кетяпти"  5 09:25"Ливерпуль" Салоҳнинг ўрнига Германиядан футболчи топиб қўйди  6

SHomurodov: "SHu ruhda davom etib, muxlislarni xursand qilishim kerak" Yangiliklar

SHomurodov: "SHu ruhda davom etib, muxlislarni xursand qilishim kerak"

Rim klubi Eldor SHomurodov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazdi.

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi unda quyidagi fikrlarni bildirdi:

- Nima deb o'ylaysiz, nega katta klubda bir muncha kech (yosh nazarda tutilyapti – championat.asia) o'ynayapsiz? 

- Avvalo aytishim kerak, men har yili bosqichma-bosqich kuchayib borishga, o'zimning ijobiy xislatlarimni ko'rsatishga intildim. Doimo top-jamoada o'ynashni xohlaganman. Bu ozgina kech ro'y berdi, ammo qaysidir jihatdan o'z maqsadimga erishdim. Men bu erga yorqin o'yin ko'rsatish va klub bilan sovrinlar yutish uchun keldim. 

- Temmi Abraham bilan birgalikda o'ynay olasizlarmi?

- Men bungacha qanot hujumchisi sifatida ham, markaziy hujumchi sifatida ham o'ynaganman. SHu bois men har qanday nuqtada o'zimni qulay his etaman. Albatta, birga o'ynagan bo'lardik. Asosiysi, ikkimiz ham jamoaga yordam berishimiz lozim. Bu bizning asosiy maqsadimiz.

- G'alabaga chanqoqmisiz? Uyingizdan ancha uzoqdasiz, Rimda qiyin emasmi?

- Oldin aytib o'tganimdek, har doim oldimga qo'yilgan maqsad sari harakat qilganman va top-klubga o'tishni xohlaganman. Hozir katta jamoadaman va o'ylaymanki, endi har bir o'yinni yutish va sovrinlarga ega chiqish kerak. Bu erda ko'plab muxlislar borligini bilaman. Umid qilamanki, jamoamiz Mister (Mourinyu – championat.asia) bilan hammasi o'xshaydi, yutuqlarga erishamiz. 

- Joze Mourinyu bilan qanday aloqangiz bor? U "Roma"ga kelishingizda muhim ahamiyat kasb etdimi?

- Ha, biz 2 yil oldin Moskvada ko'rishgandik. U "Roma"ga bosh murabbiy etib tayinlanganida, menga qiziqish, taklif bo'layotganini aytishdi. Darhol bunga rozilik berdim. Birinchidan, "Roma" o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'yadigan top-klub. Ikkinchidan, Mister dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri, u kishi bilan birga ishlashni xohladim. 

- Siz jamoada muhim o'yinchilardan biri bo'lishingizni kutganmidingiz? 

- Men jamoaga qo'shilishim bilanoq yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qildim. Bu men o'ylaganimdan-da muvaffaqiyatliroq chiqdi. O'ylaymanki, shu ruhda davom etib, muxlislarni xursand qilishim va jamoaga g'alaba yo'lida yordam berishim kerak.




Reyting: +110   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика