SHomurodov oxirgi 5 o'yinda 4 ta gol urdi
15 may 2021 20:08
Yangiliklar
SHomurodov oxirgi 5 o'yinda 4 ta gol urdi
A Seriya 37-turidan o'rin olgan “Jenoa” – “Atalanta” uchrashuvida mehmonlar 4:3 hisobida g'alabaga erishdi.
2-taymda zaxiradan o'yinga qo'shilgan genuyaliklar forvardi Eldor SHomurodov dublni rasmiylashtirdi. SHu tariqa, Eldor oxirgi 5 o'yinda 4 ta to'p kiritdi. Avvalroq, u “Lacio” (3:4) va “Speciya” (2:0) darvozasini ishg'ol etgandi.
25 yoshli hujumchi chempionat joriy mavsumidagi gollari sonini 7 taga etkazib, to'purarlar ro'yxatida jamoadoshi Goran Pandev, Aleksis Sanches (“Inter”) va Edin Jeko (“Roma”) kabi futbolchilar bilan tenglashib oldi. SHuningdek, o'zbekistonlik hisobida bitta assist ham bor.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar