SHomurodov mashg'ulotlarni davom ettirmoqda, u "Udineze"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin
20 noy 2020 23:32
Yangiliklar


SHomurodov mashg'ulotlarni davom ettirmoqda, u "Udineze"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin
Yakshanba kuni A Seriya doirasida "Jenoa" safarda "Udineze"ga qarshi bahs olib boradi.
Klub matbuot xizmati hujumchi Eldor SHomurodov jamoaning mashg'ulotlariga qaytib, navbatdagi o'yinlarga tayyorlanayotganini malum qildi. Futbolchilar bugun Udinega jo'nab ketishgan.
Eslatib o'tamiz, SHomurodov jarohati sababli bir necha uchrashuvlarni o'tkazib yubordi. Hamyurtimiz 22 noyabr kuni soat 22:00da "Friuli" stadionida boshlanadigan uchrashuvda qatnashishi kutilmoqda.
SHuningdek, Stefano Sturaro hamda Domeniko Krishito kabi futbolchilar ham safga qaytgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar