SHomurodov “Jenoa”da Zappakosta bilan bir xil maosh oladi, ulardan oldinda esa Badel bor
10 okt 2020 20:00
Yangiliklar


SHomurodov “Jenoa”da Zappakosta bilan bir xil maosh oladi, ulardan oldinda esa Badel bor
La Gazzeta Della Sport Italiya chempionati klublaridagi futbolchilarning yillik maoshlari haqida malumot taqdim etdi.
Unga ko'ra, “Jenoa”da xorvatiyalik yarim himoyachi Milan Badel eng ko'p haq (yiliga 1,4 mln evro) oladigan futbolchi sifatida ko'rsatilgan. Badeldan keyingi o'rinda Eldor SHomurodov va Davide Zappakosta turibdi. Ular yiliga 1,3 mln evrodan maosh oladi.
Ulardan so'ng esa himoyachilar Domeniko Krishito, Kristian Sapata va yarim himoyachi Stefano Sturaroni (1,2 mln.dan) ko'rish mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar