SHomurodov va "Rostov" "Tambov"ga qarshi. Rossiya Premer-ligasi 16-tur prevyusi
08 noy 2019 13:10
Yangiliklar


SHomurodov va "Rostov" "Tambov"ga qarshi. Rossiya Premer-ligasi 16-tur prevyusi
Ekaterinburgliklar Grozniyda mehmon
O'tgan tur doirasida "Dinamo" mehmoni bo'lib, sulh tuzishga erishgan va ayni paytga kelib ayanchli ahvolga tushib qolgan "Axmat" bu safar o'z maydonida birinchi davrani mag'lubiyat bilan yakunlagan "Tambov"ni qabul qiladi. Mezbonlar mahalliy tajribali vinger Denis Glushakovga ega bo'lishsa, Ekaterinburg shahri jamoasi safida hozirda 4 ta gol urgan holda klub bosh to'purari bo'lib turgan ruminiyalik ajoyib legioner Erik Bikfalvi bor va yana qo'shimchasiga ular o'yin kuni o'zining 36 yoshini qarshilaydigan Pavel Pogrebnyakdek faoliyati davomida "Zenit", "Spartak", "Fulxem", "Reding" va "SHtutgart" kabi top-jamoalarda o'ynagan super forvardga ega. SHundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, ikkinchi davrani boshlab beruvchi bahsga bo'lgan qiziqish katta.
FK Akhmat |
Premier League . 16-tur 08/11/2019, 21:30 0
:
0
Tugadi
|
Ural |
Stadion: Akhmat-Arena
Azaliy raqiblar jangi
Musobaqada uzoq yillardan beri, hamisha sovrinli o'rinlar uchun kurashib kelgan jamoalar bellashuvida tarkibida CSKA, "Lokomotiv" va "Krylya Sovetov" jamoalarida faoliyat olib borgan hamyurtimiz Vitaliy Denisov harakat qilayotgan "Rubin" o'z safida mahalliylashtirilgan asli nemis Roman Noyshtedter hamda yana bir germaniyalik "Borussiya Dortmund"dan shu yozda 13 million evro evaziga xarid qilingan iqtidorli hujumchilarga ega bo'lgan jamoa Moskvaning "Dinamo"si bilan bahs olib boradi.
Rubin Kazan |
Premier League . 16-tur 09/11/2019, 16:05 1
:
0
Tugadi
|
Dinamo Moscow Sebastian Szymanski - 23' |
Stadion: Kazan Arena
Etakchi autsayderga qarshi
Avvalgi turda musobaqaning yaqqol autsayderi bo'lib turgan "Sochi"ni ishonchli hisobda engishga erishgan "Tambov" endi birinchi davrani raqobatchisiga qarshi super uchrashuvda asosiy vaqt tugaguniga qadar oldinda borib, faqatgina so'nggi daqiqalarda ketma-ket ikkita golni qo'yib yuborish asnosida tayyor g'alabadan quruq qolgan alamzada "Rostov" mehmoni bo'ladi. Albatta, oxirgi ikki uchrashuvda ikkita assistni amalga oshirgan vatandoshimiz Eldor SHomurodovdan ushbu o'yinda chiroyli gollarni kutib qolamiz.
FC Rostov Bjoern Sigurdarson - 7' |
Premier League . 16-tur 09/11/2019, 18:30 2
:
1
Tugadi
|
FC Tambov Georgi Melkadze - 52', Vladimir Obukhov - 70' |
Stadion: Rostov Arena, 25589 tomoshabin
Kuchlilar bellashuvi
Oldingi tur doirasida Tulaning "Arsenal" jamoasiga yutqazgan yana bu etmaganidek o'z maydonida muxlislari qarshisida mag'lubiyatni tan olgan mamlakatning ko'p karra chempioni "Spartak" joriy turda o'tgan hafta qozonliklarni mehmon qilib, nursiz durangga imzo chekkan yaqin raqobatchisi "Krilya Sovetov" bilan o'zaro hisob-kitob qilib oladi. SHu o'rinda takidlab o'tish lozimki, qizig'i har ikkala jamoa ham deyarli bir hil statistikaga ega va turnir jadvalida yonma-yon joylashishgan. Faqat mezbonlarda to'plar nisbati - 16:16 ko'rinishida bo'lsa, krilyaliklarda bu ko'rsatkich - 18:18 ga teng. Demak, bu o'yinda g'am ishqibozlar zerikib qolmasliklari aniq.
Spartak Moscow Ezequiel Ponce - 3', Zelimkhan Bakaev - 83' |
Premier League . 16-tur 09/11/2019, 21:05 0
:
2
Tugadi
|
Krylya Sovetov Samara |
Stadion: Otkrytiye Arena
O'rtamiyonalar to'qnashuvi
Dam olish kunidagi o'yinlarni ochib beradigan bahsda musobaqaning deyarli "ekvator"iga joylashgan jamoalar o'zaro uch ochko uchun kurashishadi. Orenburg shahrining aynan shu nom bilan ataluvchi jamoasi birinchi davrani yaqin taqibchisini engish bilan tugatdi. Uning endigi raqibi avvalgi turda kimsan amaldagi chempion "Lokomotiv"ni durangga imzo chekishga majburlay olgan asosiy raqobatchilaridan biri bo'lgan "Ufa" bo'ladi. Malumot o'rnida shuni qo'shimcha qilish joizki, mezbon jamoa safida yana bir hamyurtimiz Vadim Afonin harakat qiladi. Ushbu uchrashuvda joriy mavsum gol+pas tizimida birorta ball to'plamagan futbolchimizdan samarali uzatmalar muallifi bo'lishini umid qilamiz.
FC Orenburg |
Premier League . 16-tur 10/11/2019, 13:30 0
:
0
Tugadi
|
FC Ufa |
Stadion: Gazovik Stadium
Etakchi va o'rtamiyona bahsi
O'tgan turda kimsan poytaxtning gigant jamoalaridan biri "Spartak" klubini er tishlatgan mashhur APLning "Arsenal"ini Tuladagi adashi bu safar o'z muxlislari qarshisida musobaqa jadvali karvonboshisi daxshatli "Zenit" bilan jang olib borishiga to'g'ri keladi. Mezbonlarda mahalliy tajribali to'purar hujumchi Evgeniy Lucenko va afrikalik Bakari Konedek himoyachi bor bo'lsa, piterliklar safidan malum vaqt mobaynida raqib jamoa sharafini himoya qilgan Artyom Dzyuba, tegishlicha "Rubin va "Rostov"da yorqin o'yinlar namoyish etgan Sardor Azmun, yozda "Barselona"dan naq 40 million evroga sotib olingan Malkom joy olgan. Ko'ramiz, avvalgi tur mardonavor kurashish orqali muvaffaqiyat qozongan tulaliklar super tarkibga ega jamoaga qarshi o'yinda qanday natijaga erisharkin.
Arsenal Tula |
Premier League . 16-tur 10/11/2019, 16:00 1
:
0
Tugadi
|
Zenit St. Petersburg Sardar Azmoun - 63' |
Stadion: Arsenal Stadion
Moskvaliklar Sochida mehmon
Avvalgi tur markaziy o'yiniga aylangan uchrashuvda ashaddiy raqiblaridan biri Sankt-Peterburg shahri jamoasi bilan durangga rozi bo'lgan CSKA endi oldingi hafta "Tambov"ga imkoniyatni boy bergan bechorahol "Sochi" bilan o'zaro bahs yuritishadi. Aleksandr Tochtlin shogirdlari ketma-ket ravishda qabul qilib olingan mag'lubiyatlar natijasida so'nggi pog'onaga tushib qoldi. Moskvaliklar esa, joriy mavsum faqat va faqat chempionlikni maqsad qilishgan. Zero, qatorasiga uch marotaba bosh sovrindan quruq qolayotgan jamoa taxtga qaytishga qatiy bel bog'lagan.
PFC Sochi Andrey Mostovoy - 7', Dmitry Poloz - 45' |
Premier League . 16-tur 10/11/2019, 18:30 3
:
2
Tugadi
|
CSKA Moscow Miha Mevlja - 16', Ivan Oblyakov - 52', Fedor Chalov - 55' |
Stadion: Fisht Olympic Stadium
Markaziy uchrashuv
Joriy turning har tomonlama turnir jadvali jihatidan ham eng muhim ahamiyat kasb etadigan o'yinida o'tgan hafta qimmatli ochkolarni boy bergan yuqori pog'onalarni band etib turgan ikki kuchli jamoa "Lokomotiv" va "Krasnodar" o'zaro jang olib borishadi. Mehmonlar avvalgi turda mo'jiza ko'rsatib, mag'lubiyatdan qutulib qolishdi. Temiryo'lchilar ham arzimagan xato tufayli g'alabani qo'ldan chiqarishgan. Xullas, chempionlik poygasi qizigandan qizib bormoqda.
Lokomotiv Moscow Grzegorz Krychowiak - 41' |
Premier League . 16-tur 10/11/2019, 21:00 1
:
1
Tugadi
|
FC Krasnodar Marcus Berg - 45' |
Stadion: RZD Arena
16-turning barcha juftliklari (soatlar Moskva vaqti bilan berilgan, Toshkent +2)
15-turdan keyingi musobaqa jadvali
15-turdan keyingi to'purarlar poygasi
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar