SHomurodov Instat bo'yicha kecha necha ball oldi?
20 avg 2021 17:15
Yangiliklar
SHomurodov Instat bo'yicha kecha necha ball oldi?
"Roma" safida hamyurtimiz Eldor SHomurodov gol urishga erishdi.
Instat malumotlariga ko'ra, SHomurodov kecha 1ta zarba berdi va o'sha zarba aniq bo'ldi. 24ta pas berdi va undan 88 foizi aniq chiqdi.
Hamyurtimiz 1ta muhim to'p (key passes) uzatishni amalga oshirgan. Bir marta qanotdan to'pni havolatib uzatdi va u aniq chiqqan.
SHomurodov 10 marta to'pni yo'qotdi va bu "Roma"dagi eng yomon ko'rsatkich bo'ldi. U bir marta raqibdan to'pni olib qo'ydi. 15 marta to'p uchun kurashdi va uning 27 foizida g'olib bo'ldi.
Hujumchi 12 bor hujumda kurashga kirishdi va 25 foizida yutib chiqdi. Havoda 5 bor raqib bilan kurashdi va 40 foizida ustun keldi.
SHomurodov ikki marta dribling ishlatdi va ikkalasi amalga oshmadi.
Instat Index bo'yicha SHomurodov 314 ball olgan va bu "Roma" safidagi to'rtinchi natija bo'ldi. Rim klubi safida eng katta ballni Nikolo Zanolo oldi - 333. Rojer 331, Lorenco Pellegrini esa 326 ball olgan.
Trabzonspor Andreas Cornelius - 64' |
Europa Conference League Qualification . final-tur 19/08/2021, 23:30 2
:
1
Tugadi
|
Roma Lorenzo Pellegrini - 55', Eldor Shomurodov - 81' |
Stadion: Senol Gunes Akyazi Stadyumu
Fikrlar