So’nggi yangiliklar

20:48Ар-Риёдга етиб келган "Пахтакор" делегацияси "Реал" яшаган меҳмонхонага жойлашди  9 20:32Россия терма жамоаси Гренадага қарши ўртоқлик ўйини ўтказади — манба  6 20:08Левандовски "Барселона"нинг умумий гуруҳига қайтди  0 19:45U21 биринчилиги. "Шўртан"дан суперкамбэк, "Насаф" сўнгги дақиқада ғалабага эришди ва бошқа натижалар  0 19:20"Ливерпуль" Adidas билан шартнома имзолади  1 18:56"Барселона" Бразилия терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  1 18:27Рой Кин: "Илгари дурангдан сўнг "Манчестер Юнайтед"га нисбатан ҳуштакбозлик қилишарди, энди эса олқишлашмоқда"  6 17:59"Барселона" футболчиси шартномани узайтириш бўйича музокараларни тўхтатди  3 17:33"Куртуа Бельгия терма жамоасига қайтиш-қайтмаслик масаласини ўзи ҳал қилиши ғалати"  11 17:06"Арсенал" мухлислари учун хушхабар! Артета Сака жароҳатдан қайтаётганини эълон қилди  2 16:40Чўгирмали мухлислар, "отжимания" қилаётган Аброр, Air Қўзиев – "Хоразм" мавсумни ишончли ғалаба билан бошлаган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 16:23Гиоргадзе, Урата, Станоевич, Ҳамробеков... Суперлига 1-тур рамзий терма жамоаси  10 15:55Европанинг учта нуфузли клуби Ван Дейкка кўз тикди  3 15:29Райс: "МЮ билан дуранг – адолатли натижа"  2 15:04"Биз охиригача курашамиз". Эдегор – "Арсенал"нинг чемпионлик имкониятлари ҳақида  3

SHomurodov bejiz Italiyaga ketmadi, oldindan bashorat qilishni yomon ko'raman, o'zimizda ham mahalliy murabbiylar etarlicha - Mirjalol Qosimov ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

SHomurodov bejiz Italiyaga ketmadi, oldindan bashorat qilishni yomon ko'raman, o'zimizda ham mahalliy murabbiylar etarlicha - Mirjalol Qosimov ishtirokidagi matbuot anjumani

Superliga 21-turdan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - AGMK(1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlarini bildirdi.




"Jangovar, shiddatli o'yin kutgan edik. Haqiqatdan ham bu o'z tasdig'ini topdi. AGMK jamoasi ham, "Qo'qon-1912" jamoasi ham sovrinli o'rinlar uchun kurashmoqda. Avvalambor Suhrob Berdievga sog'lik tilaymiz. Futbol kontaktli sport turi, Berdievga ataylab qo'pollik ishlatilmadi deb o'ylayman. SHuningdek SHohnazar Norbekovning boshi yorildi, bu degani har bir jamoa oldiga qo'ygan maqsadi sari jiddiy kurashmoqda, intilmoqda. Bunday o'yinlarda ko'p vaziyatlar bo'lmaydi. Ko'rdinglar, ikkinchi bo'limda Murod Holmuhammedov tomonidan ijro etilgan birgina aniq to'p darvozamizdan o'rin egalladi. Boshqa tomondan olib qaralganda o'yin durangga mos edi. G'alaba bilan "Qo'qon-1912" jamoasini tabriklaymiz. Futbol shunisi bilan qiziq. CHempionat oxirlamoqda, oldinda bizni yanada shiddatli o'yinlar kutmoqda. Keyingi turlarda egallab turgan o'rnimizni mustahkamlashga harakat qilamiz. Medallar beradigan o'rnimizni saqlab qolishimiz kerak, chempionat hali tugagani yo'q. Jarohat olgan yigitlarga sog'lik va salomatlik tilab qolamiz", - deydi Qosimov.

- Oston O'runov "Ufa" jamoasidan "Spartak" klubiga yo'l oldi, Hojimat Erkinov va Aziz Turg'unboev ham bu jamoalarda o'ynab keta olishadimi? O'zbekistonda Superliga uchun murabbiylar etarlimi? Aleksandr Belenkov va Andrey Kanchelskis faqat pullarni olib ketishdi...
- Birinchi savolingizga keladigan bo'lsam, Oston O'runov, Eldor SHomurodov kabi yigitlarni qo'llab-quvvatlayman. Avvalo, o'zining imkoniyatlaridan kelib chiqib qo'rqishi kerak emas. SHunday jamoalarda to'p tepish hammaga ham emas. Oston bejiz UFA jamoasidan "Spartak"ka jalb qilinmadi. O'zining mehnati, sabri sabab. Rossiyada nom qozonish oson emas. Negaki, boshqa davlat, boshqa mentalitet. SHu bois ko'p futbolchilarimiz borib tezda qaytib keladi yoki Osiyodagi jamoalarga yo'l olishadi. Eldor SHomurodov ham "Rostov"da o'z o'rnini topib mana bekorga Italiyaga ketgani yo'q. Futbolchilarimiz ko'proq Evropa klublarida to'p tepsa birinchi galda skautlarning ham nazari O'zbekistonga tushadi. Keyingi galda milliy terma jamoamiz uchun foyda bo'ladi. Ikkinchi savolingizga keladigan bo'lsak murabbiylar o'zimizda ko'plab topiladi. Lekin, har bir jamoaning rahbarlari o'zi ko'rgisi kelgan murabbiyni olib keladi. Kanchelskis, Belenkov va hokazo. Biroq, O'zbekistonda ham mahalliy murabbiylar bor.

- Sanjar Tursunovning markaziy yarim himoyada o'ynashi bu murabbiylar shtabining qarorimi?

- Sanjar tajribasi va malakasidan kelib chiqib nafaqat qanotda balki, markazda ham o'ynay oladi. O'yin davomida ham qanot yarim himoyachilaridan vaziyatdan kelib chiqib markazga bo'sh zonalarga o'tishini so'raymiz. Sanjar yomon harakat qilgani yo'q. Qanot yarim himoyamizda Husniddin G'ofurov, Arslonmurod Amonov, Elguja Grigalashvili ham yaxshi o'ynadi.

- Jamoa o'yin oldidan durangni o'ylaganmidi?

- Yo'q, faqat g'alabani o'ylagandik. Raqobatchilar bilan kechadigan o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak. Olti ochkoga teng edi. Birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik, vaziyatlar yaratdik. Husniddin raqib himoyachilaridan qochib ketib birga-bir vaziyatga chiqib gol urishi mumkin edi. Men hech qachon bahona qidirmayman. Lekin, maydon sifatidan faqat futbolchilar emas muxlislar ham xursand bo'ladi, qachonki tezkor futbol o'ynalganda.

- Keyingi turda "Paxtakor" bilan o'yinda jamoa birinchi davradagidek natija qayd eta oladimi?

- Oldindan biror narsani bilganimda bu erda o'tirmagan bo'lar edim. Ko'rdingiz, yarim soat oldin to'g'ri tepilgan to'p darvozamizdan joy oldi. Gol juda ham kutilmaganda bo'ldi, darvozabonimiz ham ko'ra olmadi. To'p yo'nalishini o'zgartirdi. Har bir turda g'alaba uchun muxlislarni xursand qilish uchun tushamiz. Oldindan bashorat qilishni yomon ko'raman.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика