So’nggi yangiliklar

14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  0 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  3 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   4 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  9 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13

SHohruz Norxonov: "Sobiq hujumchi Baqoevdan ko'p narsa o'rganyapman" Yangiliklar

SHohruz Norxonov: "Sobiq hujumchi Baqoevdan ko'p narsa o'rganyapman"

Superliganing 10-turida "So'g'diyona" o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qilib 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu o'yinda mezbonlar hujumchisi SHohruz Norxonov dublga erishdi. Bu mavsumda 4ta gol urgan hujumchi bilan suhbatlashdik.

- Superliganing 10ta turi ortda qoldi. Taassurotlar qanday?

- Avvalo barchani ramazon oyi bilan tabriklayman. Tutgan ro'zalari qabul bo'lsin ilohim. Savolingizga kelsak taassurotlar yaxshi. Mavsum boshini yaxshi boshlagandik, biroq keyin kerakli ochkolarni yo'qotdik. So'nggi o'yinlarda o'z o'yinimizni topib borayapmiz deb o'ylayman.

- Lushchanga nima etishmadi deb o'ylaysiz.

- To'g'risi murabbiyni muhokama qilishni istamayman. Sergey Lushchanni kuchli murabbiy deb bilaman. Undan ko'p narsalar o'rgandim, u bilan birga ishlaganimdan xursandman.

- Jamoaga Ulug'bek Baqoev kelgach natijalar yaxshilandi. Bu nima bilan bog'liq?

- Ulug'bek Baqoev o'z vaqtida "Buxoro"ni beshinchi o'ringa olib chiqqan murabbiy hisobalandi. Ushbu murabbiy kelgach bizga kuchli bo'lish va oldinga qadam tashlashni o'rgatdilar. Hozir yaxshi o'yinlar ko'rsatib natijamiz ham yaxshilanib bormoqda. Baqoev futbolchilik paytida hujumchi bo'lgan, shu bois o'zim uchun ko'p narsa o'rganayapman.



- O'tgan mavsumda jami 4ta gol urgandingiz, bu yil 10ta turni o'zida 4ta gol urdingiz. Oldingi Norxonov qaytdimi?

- (Kuladi) Xudo xohlasa, ishlashda davom etaman. Buyog'ini vaqt ko'rsatadi. Dastlabki turlarda ham imkoniyatlar bo'lgandi, ammo gol urish nasib qilmagan ekan.

- "Paxtakor" bilan o'yinda qizil kartochka oldingiz. O'sha vaziyatda nima bo'lgandi?

- O'sha vaziyatda qo'pol o'ynagandirmanki, bosh hakam meni maydondan chetlatdi.

- "So'g'diyona" hujum chizig'ida raqobat qay darajada?

- Bizda yaxshi hujumchilar bor. Doston Toshmatov, Oybek Nurmatov va boshqalar. SHunday ekan hujum chizig'ida raqobat kuchli.

- Jamoaingiz safarda 4ta o'yin o'tkazib atigi bir marta g'alaba qozondi. Bunga sabab nima? Safarda nima etishmayapti?

- Safarda yutish doim og'ir bo'ladi. Biz ham safarda yutishni xohlaymiz. Agar o'z o'yinimizni ko'rsata olsak istalgan joyda g'alaba qozonsa bo'ladi. Aytishadiku o'z uyingda devorlar ham yordam beradi deb.




- 1 iyun kuni "So'g'diyona" Liga Kubogi doirasida "SHo'rtan" mehmoni bo'ladi. Ushbu o'yin va musobaqada jamoaning maqsadi qanday?

- Bizning maqsad faqat g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilish. Liga Kubogida ham uzoqroqqa borib, nasib qilsa balki kubokni qo'lga kiritishga ham erisharmiz. Axir bu musobaqada tarixda ilk bor o'tkazilmoqda, doim birinchi bo'lish yaxshi.

- Nima deb o'ylaysiz Ektor Kuper sizga ham etibor qaratadimi?

- Bilmadim, buni boya aytganimdek vaqt ko'rsatadi. Men hozir "So'g'diyona"ni yuqori o'ringa olib chiqish va o'z gollarim sonini ko'paytirishni o'ylayapman. Agar terma jamoaga loyiq o'yin ko'rsatsam balki murabbiylar menga ham etibor qaratishar. Ishlashda davom etish lozim.

- Ayni paytda "So'g'diyona" chempionatda beshinchi o'rinda. Mavsum oxirida nechanchi o'rinda bo'ladi deb o'ylaysiz?

- Maqsad har dim yuqori o'rin bo'ladi. CHempionatning hali yarmidan ko'pi oldinda. Imkon qadar yuqori o'rinlarga harakat qilamiz.

- Superligada bu mavsumda qaysi yosh futbolchilarning o'yini sizga yoqdi?

- Bu mavsum ko'plab yaxshi yosh futbolchilar etishib chiqdi. Menga "Navbahor"dan Oston O'runov va "Bunyodkor"dan Jasur Jaloliddinovning o'yinlari maqul kelmoqda. Ularga ishlashda to'xtashmasin deb maslahat beraman.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика