So’nggi yangiliklar

10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  12 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  9 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  22 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1

SHohruz Norxonov: "Bu g'alaba bilan hali hech narsaga erishganimiz yo'q" Yangiliklar

SHohruz Norxonov: "Bu g'alaba bilan hali hech narsaga erishganimiz yo'q"

Superliganing 23-turida "So'g'diyona" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qildi.

Uchrashuv 1:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Bu g'alaba bilan jizzaxliklar sovrinli o'rinlar uchun kurashdagi imkoniyatlarini yaxshilab oldi. Mazkur o'yindan keyin "So'g'diyona" hujumchisi SHohruz Norxonov bilan suhbatlashdik.

- G'alaba nimaning evaziga qo'lga kiritildi?

- "Paxtakor" bilan o'yinda bizga g'alaba juda zarur edi. Xalqaro maydonga yo'llanma olish uchun kurashayotganimizdan kelib chiqib, g'alabadan boshqasi bizni qoniqtirmasdi. Yigitlar shuni his qilgan holda maydonda oxirigacha kurashishdi. Muxlislarimiz ham bizni qo'llab-quvvatlagani bizning g'alabamizga sabab bo'ldi. Oson bo'lmagan g'alabaga erishdik.

- Bahs davomida hisobni saqlab qolish qiyin kechmadimi?

- Bilasizmi, biz avvalgi turda "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda hisobni saqlab qolish uchun harakat qilmadik. Faqatgina kutilmagan vaziyatda o'z darvozamizdan to'p olib chiqdik va yakunda durang qayd etgandik. "Paxtakor"ga gol urib olganimizdan so'ng mehmonlar hujumga ko'proq etibor qaratishidan unumli foydalanib, ikkinchi golimizni urib olishni maqsad qilgandik. Vaziyatlarimiz ham bo'ldi. Faqatgina omad kelmadi. SHunday bo'lsa-da, "Paxtakor"dan ustun kelganimizdan xursandmiz.

- Jamoangiz "Paxtakor"dan ustun keldi. Aytingchi, bu "So'g'diyona" 2-o'rinni qo'lga kiritishi uchun yaxshi imkoniyatmi?

- Hozir bu haqda bir narsa deya olmayman. CHunki oldimizda turgan raqiblarimiz jiddiy. Muxlislarimiz ham bilishib turibdi, bizni oldinda qiyin bahslar kutmoqda. "So'g'diyona" ijobiy natija qayd etgan holda mavsumni yuqori o'rinlarning birida tugatishni maqsad qilgan. 

- "So'g'diyona"ning ko'p durang qayd etayotganiga nima sabab bo'lmoqda?

- Ko'p durang qayd etayotganimizga kelsam, bu g'alaba yoki mag'lubiyat emas. Bazida o'yinlarda durang o'ynagan bo'lsak-da, bu bizning foydamizga ishladi. To'g'ri, ko'p duranglar tufayli keragidan ortiq ochkolarni qo'ldan chiqardik. 

- Mavsumning qolgan uch turidan nimalarni kutmoqdasiz?

- Navbatdagi turlar "So'g'diyona" uchun oson kechmasligi aniq. Taqvim biroz qiyin kelgan. "Nasaf" va AGMK bilan muhim bahslar bo'ladi. CHunki ular ham biz kabi sovrinli o'rinlar uchun kurashishmoqda. Yuqorida aytganimdek, raqiblarimiz kim bo'lishidan qati nazar mavsumni ijobiy natijalar bilan yakunlamoqchimiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика