So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  1 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  1 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  8 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

SHohruz Norxonov: Babayanning Obodga kelishi haqida eshitdim Yangiliklar

SHohruz Norxonov: Babayanning Obodga kelishi haqida eshitdim

Teglar :  ObodNorxonovBabayan
Oliy ligada birinchi davra yakuniga etgan pallada turnir jadvalining quyi qismida yaqqol autsayder deyarli oydinlashib qoldi.

O'tgan yili oliy ligada debyutini nishonlab, mavsum oxirida kuchlilar safidagi o'rnini saqlab qolgan Obod hozircha 9 ochko bilan so'nggi pog'onani egallab turibdi. Qolaversa, jamoaning ikkinchi davrada qatnashishi ham dargumon.

Ushbu klubning etakchi futbolchilaridan biri, o'tgan yili oliy ligada 14ta gol urgan SHohruz Norxonov bilan uyushtirgan suhbatimiz chog'ida ushbu gap-so'zlar bejiz tarqamaganiga amin bo'ldik.

- SHohruz, birinchi davraning so'nggi turini Paxtakorga qarshi o'tkazib, yirik hisobda yutqazdinglar. Obod shunday mag'lubiyatga loyiqmidi?

- Menimcha, unday emas. SHunchaki, o'sha kuni Paxtakor yaxshiroq o'ynadi va yuzaga keltirilgan vaziyatlardan bizga qaraganda unumli foydalana bildi. Qaysidir manoda, mag'lubiyatga o'zimiz ham sababchi bo'ldik. Raqib jamoa futbolchilariga erkin harakat qilishlari uchun imkoniyat berdik.

- Obod birinchi davrani omadsiz o'tkazdi. Bu avvaldan kutilganmidi yoki ..?

- Ochig'i, bunday bo'lishini, shu darajada ko'p ochko yo'qotishimizni kutmagandik. Lekin jamoamizdagi mavjud sharoitda ham yigitlar astoydil harakat qilishdi. Har bir o'yinda ijobiy natija uchun maydonga tushdik. Yani, zimmamizdagi professionallik burchini ado etishga intildik.

- SHaroitlar rostdan ham yaxshi emasmi?

- Boshqa jamoalar bilan taqqoslaganda, yaxshi sharoitda emasdik, demoqchi bo'ldim.

- Maoshlarni vaqtida olyapsizlarmi?

- Kechikib bo'lsada olyapmiz.

- Oxirgi marta qaysi oyning maoshini berishdi?

- Hammasini desam ham bo'ladi.

- Maoshlar berilayotgan ekan, unda muammo nimada?

- O'ziga yarasha boshqa muammolar bor. Bir tomondan omad ham bizga kulib boqmayapti. Bazi o'yinlarda raqibga nisbatan ustunlikka ega bo'l-yapmiz-u, lekin buni yakuniy natijada aks ettira olmayapmiz. Qolaversa, tan olish kerak, raqiblar real holatda bizdan kuchliroq.

- Obod oliy liganing qolgan jamoalaridan kuchsizmi?

- Bir qarashda buni turnir jadvaliga qarab ham aytish mumkin. Lekin birinchi davrada bizga ko'proq omad etishmadi. Asosiy muammolardan biri ham shunda bo'ldi.

- Obodning ikkinchi davrada o'ynamasligi haqida xabarlar paydo bo'ldi. Bu malumot qanchalik haqiqatga yaqin?

- Ushbu masalani klub rahbariyati hal qiladi.

- SHunday gap bormi?

- Matbuotda, ko'chada, odamlar orasida men ham shu haqida eshitdim. Yuqorida aytganimdek, bu masalani jamoamiz rahbarlari hal qilishadi.

- Demak, hozircha vaziyat jiddiyligicha qolmoqda, shundaymi?

- Ha.

- Samvel Babayan jamoani qabul qilib olishi mumkinligini aytishyapti. Bu xabarni siz ham eshitdingizmi?

- Eshitdim. Bu so'nggi paytda milliy terma jamoadan so'ng eng ko'p muhokama qilinayotgan masalalardan biri. Hamma uchun juda qiziq mavzu.

- Agar shunday bo'lib chiqsa, bu klub uchun yaxshi xabar bo'ladimi?

- Menimcha, shunday. Obod oliy ligadagi ishtirokini davom ettiradi va ikkinchi davrada o'zini ko'rsata oladi, deb o'ylayman.


- Obodda qolasizmi yoki jamoadan ketishingiz aniq bo'lib ulgurdimi?

- Katta ehtimol bilan ikkinchi davrani boshqa klubda boshlayman. O'zim uchun bir qarorga keldim.

- Lekin klub rahbariyati bunga osonlikcha rozi bo'lmasa kerak?

- Hozirgi holatda ketishimga qarshilik ko'rsatishmaydi, deb o'ylayman.

- Mavsum boshida Toshkentning 3ta jamoasi - Bunyodkor, Paxtakor va Lokomotiv sizni o'z safiga chorlagandi. O'sha takliflar hali ham o'z kuchidami?

- Ha, kuchida deb o'ylayman. Takliflar etarlicha bo'lyapti. Hammasini taroziga qo'yib, yaqinlarim bilan maslahatlashib, bir qarorga kelaman.

- SHartnomaning hali ikki yili bor, shundaymi?

- Obod bilan 3 yillik bitim imzolaganman. Keyingi yil so'nggida erkin agentga aylanaman. Ayni payt transfer huquqim Obodga tegishli.

- Klub rahbarlari bundan foydalanib, transfer bahosini juda oshirib yuborishlari mumkin. Bundan xavotirga tushmayapsizmi?

- O'z ustimda yanada ko'proq ishlab, oldinga qadam tashlashda davom etishim shart. Bunday holatda klub rahbariyati ham meni tushunib, qo'llab-quvvatlasa kerak. Aytishim mumkinki, Obod rahbariyati kuchliroq jamoaga o'tishim tarafdori.

- Demak, ular bunga qarshilik qilishmaydi?

- Xuddi shunday.

- Qaysi jamoaning taklifi jiddiyga o'xshab ko'rinyapti?

- Muxlislar buni vaqti kelib bilib olishadi.

- Bunyodkorga o'tishingiz haqida ham xabar chiqdi...

- Ha, bu malumotni tasdiqlayman. Fikrimcha, hozirgi holatda aynan Bunyodkor men uchun eng to'g'ri tanlov bo'ladi.

- Sizni shaxsan Mirjalol Qosimovning o'zi jamoada ko'rishni istayaptimi?

- Bilmadim, buni ham vaqt ko'rsatadi.

- Bunyodkor ustozi bilan gaplashdingizmi?

- Hali hech narsa hal bo'lmadi. Lekin shaxsan o'zim Bunyodkorga o'tish tarafdoriman.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi, "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика