So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  23 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

SHohruh Ishanov: "SHogirdlarim katta futbolda o'ynayotgani ulkan yutug'imiz" Yangiliklar

SHohruh Ishanov: "SHogirdlarim katta futbolda o'ynayotgani ulkan yutug'imiz"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan OKMK - "Andijon-SGS" (6:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi SHohruh Ishanov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalo OKMK jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun qanday raqibga qarshi o'ynashimizni bilgan edik. Lekin shogirdlarimga maydonda oxirigacha kurashgani uchun rahmat aytaman",- deydi SHohruh Ishanov.

- Birinchi bo'limda "Andijon-SGS" darvozabonida o'ziga nisbatan ishonch etishmagandek ko'rindi. Aksariyat hollarda kelayotgan to'pni qo'lidan chiqarib yuboraverdi. Bu tajribasizlikdanmi yoki hayajon?

- Albatta bunday jamoaga qarshi hayajon bo'lishi tabiiy. SHogirdlarim katta futbolda o'ynashyapti. Bu ulkan yutug'imiz. Hayajon ham vaqti bilan yo'qoladi, deb o'ylayman. Baribir darajada farq katta. OKMK nafaqat O'zbekiston balki Osiyoda ham o'z nomiga ega klub hisoblanadi.

- Himoyada ko'p to'p yo'qotishlar bo'ldi. SHunga qaramay himoyada pas o'ynashni davom ettirdinglar...

- Futbolchilarga to'pni shunchaki tepib yuborish emas, pas bilan himoyadan chiqish, shu orqali hujumni tashkil qilishni vazifa qilib bergandik. Ikkinchi bo'limda ham ko'p narsani o'zgartirmadik. Futbolchilar hozir pozicion hujum qilishni o'rganishi kerak. 

- SHuni hisobiga futbolchilar turli fintlarni qilishga kirishib ketishdimi?

- Ularni qo'llab-quvvatlayman. SHogirdlarim xarakter ko'rsatishga intilishdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика