SHohruh Ishanov: "Bugun omad biz tomonda bo'ldi"
01 iyu 2023 22:28
Yangiliklar
SHohruh Ishanov: "Bugun omad biz tomonda bo'ldi"
O'yin haqida
- Avvalo jamoamiz azolari va muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. "G'ijduvon" jamoasi bilan chempionat doirasidagi safar uchrashuvida mag'lub bo'lgandik. Yigitlar bilan o'tirib, o'sha o'yindagi xatolarni tahlil qildik. Bugun tayyorgarlik samara berdi, g'alabaga erishdik.
- CHempionat doirasidagi "G'ijduvon" bilan bugungisida qanday farq sezdingiz?
- Bugun omad biz tomonda bo'ldi. CHempionat doirasidagi o'yinda ham to'p nazorati bizda, buni raqib jamoa bosh murabbiyi ham takidlagandi. "G'ijduvon" Pro-ligada o'z o'rniga ega jamoa, ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman.
- Ikkinchi davra oldidan rejalar qanday?
- Bizda 17 kuni "Dinamo" bilan o'yin bor, qoldirilgan uchrashuv. Hozir bor etiborimizni shu bahsga qaratamiz. Ana undan keyin navbatdagi rejalar haqida o'ylab ko'rsa bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar