SHohruh Gadoev: "Raqobat bo'lgani yaxshi"
16 fev 2022 13:01
Yangiliklar
SHohruh Gadoev: "Raqobat bo'lgani yaxshi"
"Auda" bilan o'yin haqida
"Latviya klubiga qarshi o'yin yaxshi o'tdi va 1:1 hisobi qayd etildi. Endi buyog'iga har ikki kunda bir o'yin o'tkazamiz va mavsumga tayyorgarlik yanada jadallashadi.
Jismoniy holati haqida
Nazorat uchrashuvlari yordamida jismoniy holatimizni yaxshilab boramiz. Hali hech kim to'liq 100 foiz tayyor emas, chunki hali mavsum boshlanishiga vaqt bor va bu normal holat.
1-turdagi Toshkent viloyati derbisi haqida
Superligani Bekobodda "Metallurg"ga qarshi o'yin bilan boshlaymiz. Hali raqibni o'rganganimiz yo'q. SHaxsiy fikrimcha "Metallurg"da bu yil yaxshi jamoa shakllanmoqda. Yangi futbolchilar keldi, qiziqarli o'yin bo'ladi.
Qanotdagi raqobat haqida
Raqobat bo'lgan joyda o'sish bo'ladi. CHunki raqobat bo'lmasa o'zingizni erkin his qilasiz va bo'shashasiz. Raqobat bo'lsa masuliyat bo'ladi va doim o'yinga tayyor bo'lasiz.
Fikrlar