So’nggi yangiliklar

11:31Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши таркиби маълум  0 11:15Факт: "Қўқон-1912" Жиззахда ҳали ғалаба қозонмаган   0 10:50Нико Уильямснинг “Барселона“га трансфери барбод бўлишга яқин  12 10:21МЮ “Интер“ футболчисини 40 миллион еврога сотиб олиши мумкин  3 09:53“Барселона“ футболчиси “Челси“га ўтиши мумкин  4 09:24Италиянинг машҳур жамоаси расман профессионал мақомидан айрилди  1 08:55Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди  9 08:26Клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этаётган Европа жамоалари кечаги машғулотларни бир дақиқалик сукут билан бошлашди  0 07:58Суперлига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  2 07:30Ўзбекистон МТЖга номзод футболчи иккинчи даврани “Сўғдиёна“да ўтказади  4 01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  21 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 23:57"Бунёдкор" ва "Локомотив" собиқ устози "Хўжанд" бош мураббийига айланди  1

SHohruh Gadoev "Nasaf" qarorgohini tark etgan Yangiliklar

SHohruh Gadoev "Nasaf" qarorgohini tark etgan

Teglar :  SHohruh GadoevNasaf
"Nasaf" jamoasi vingeri SHohruh Gadoev ayni paytda klub qarorgohida emas.


SHohruh Gadoev shu kunga qadar "Nasaf" jamoasi bilan mashg'ulotlarda ishtirok etayotgandi. Biroq futbolchi yangi mavsum uchun "Nasaf" klubi bilan shartnomani uzaytirganicha yo'q. Kuni kecha iqtidorli futbolchi klub lagerini tark etgan. Bugun ham SHohruh Gadoev "Nasaf" mashg'ulotlarida ko'rinish bermagan.

SHohruh Gadoevga Bahrayn klubi va Toshkentning ikki grand jamoalari "Lokomotiv" hamda "Bunyodkor" tomonidan ham jiddiy qiziqish bo'layotgandi.  

"Nasaf" klubi rahbariyati ham SHohruh Gadoevga yangi shartnoma taklif qilayotgandi. Ammo tomonlar hali kelishuvga erishishmagan.

Qayd etish lozim, o'tgan mavsumning oxirida "Paxtakor"ga qarshi bahsdan so'ng "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev SHohruh Gadoevning o'yinlaridan ko'ngli to'lmayotgani va Gadoevning o'yinlarini maqtayotganlarni futbolni tushunmasligi haqida matbuot anjumanida alohida to'xtalgandi.

Ayni paytda SHohruh Gadoev oldida bir qancha variantlar mavjud. Tez orada futbolchi yangi mavsumni qaerda boshlashi malum bo'ladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика