SHohruh Gadoev "Nasaf" mashg'ulotlariga qo'shildi
21 jan 2016 00:06
Yangiliklar
SHohruh Gadoev "Nasaf" mashg'ulotlariga qo'shildi
"Nasaf" jamoasi bilan xayrashib ketgan SHohruh Gadoev yana "ajdarlar" bilan shug'ullanmoqda.
Qozog'istonning "Qayrat" klubi ko'rigida bo'lib qaytgan SHohruh Gadoev "Nasaf"ga qaytgan ko'rinadi. "Nasaf" jamoasi ikki kunlik tatildan so'ng kechadan boshlab Qarshidagi qarorgohida to'plandi va mashg'ulotlarni olib bormoqda. Ushbu yig'inga SHohruh Gadoev ham qo'shilgan va jamoa bilan birgalikda shug'ullanmoqda.
"Nasaf" jamoasi 24 yanvarga qadar o'z qarorgohida mashg'ulotlarni o'tkazib turadi. So'ngra "ajdarlar" Toshkentga kelishadi va 25 yanvar kuni "Bunyodkor" akademiyasi maydonida Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi.
26 yanvar kuni esa Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi ilk xorij yig'inini o'tkazish uchun BAAga jo'nab ketadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar