So’nggi yangiliklar

14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  0 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  20 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  2 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  23 09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  5 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  2

SHohruh Gadoev: Murabbiy ishini muhokama qilishga hali erta Yangiliklar

SHohruh Gadoev: Murabbiy ishini muhokama qilishga hali erta

O'zbekiston milliy termasiga nomzod yarim himoyachi SHohruh Gadoev faoliyatini Janubiy Koreya chempionatida davom ettiryapti.

Hamyurtimiz K-2 liga (bizning Pro-liga bilan teng maqomda) vakili hisoblangan «Tedjon Sitizen» klubi sharafini himoya qilmoqda. Gadoev «Bunyodkor» jamoasidan koreyaliklar safiga borib qo'shilgandi. Etiborlisi, SHohruh bu klubda yagona o'zbekistonlik futbolchi emas. «Tedjon» libosida yana bir vakilimiz Sanjar Tursunov ham o'ynayapti. Hamyurtlarimiz «Tedjon Sitizen»ning ikki qanotini sezilarli darajada kuchaytirishgan.

SHohruh Gadoev qanot yarim himoyachisi bo'lishiga qaramay, chempionatda ettita gol urishga muvaffaq bo'ldi.

- SHohruh, Janubiy Koreya klubiga o'tishingiz qay tarzda amalga oshgandi? Keling, suhbatimiz avvalida o'quvchilarimizga shu haqda malumot bersangiz.

- BAAda «Bunyodkor» tarkibida mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan paytimizda futbol agentlaridan taklif bo'lib qoldi. Ular «Sening xizmatingga Janubiy Koreya klubi qiziqish bildiryapti, o'ylab ko'rasanmi?» deb so'rashdi.

O'sha payt «Bunyodkor» bilan amalda shartnomam borligi sababli bu masalani yolg'iz o'zim hal qila olmasligimni, agar taklif chindan ham jiddiy bo'lsa, o'ylab ko'rishimni bildirdim.

- «Bunyodkor» siz bilan osonlikcha xayrlashmagandir? Baribir, o'sha payt jamoa oldiga yuksak vazifalar qo'yilayotgandi. Mirjalol Qosimov va klub rahbariyati bu taklifga qanday munosabat bildirdi?

- Haqiqatan ham, klub oldiga jiddiy vazifalar qo'yilayotgandi. Aslida undan avval «Buxoro»da ijara asosida o'ynab qaytgandim. Mirjalol Qosimovning taklifi bilan yana «Bunyodkor»ga kelgandim.

SHartnoma imzolash chog'ida Mirjalol Qo'shoqovichdan «Agar xorij klublaridan taklif tushsa, qo'yib yuborasizmi?» deb so'rab, rozilik ham olgandim. Mirjalol aka klubga ham manfaati tegadigan taklif bo'lsa, qarshilik bildirmasliklarini aytgandilar. SHu bois ham Koreya chempionatiga yo'l olishim unchalik qiyin kechmadi.

- «Tedjon Sitizen» klubida ko'rikdan o'tdingizmi yoki to'g'ridan-to'g'ri shartnoma imzolashdimi?

- Hech qanday ko'rik mashg'uloti va nazorat o'yinlarisiz Janubiy Koreya klubi safiga borib qo'shildim. Tejonga etib borishim bilan shartnoma imzoladik.

- Aslida takliflar bo'lgan paytda kim bilan maslahatlashasiz? Yakuniy qaror o'zingizda bo'ladimi?

- Oila azolarim, yaqinlarim, futbolchilar bilan maslahatlashdim. Lekin yakuniy qarorni o'zim qabul qilaman. «Tedjon Sitizen»da ham xuddi shunday bo'ldi. Aslida terma jamoaga qaytish uchun xorij chempionatiga yo'l olishim kerak, deb yurgandim. Bu orada Janubiy Koreya klubidan taklif tushdi.

Ushbu mamlakat birinchi ligasi bo'lsada, umumiy saviya jihatidan bizning chempionatdan ustun tomonlari etarli. Qolaversa, bu o'zimni ko'rsatish uchun yaxshigina imkoniyat edi. O'z o'yinim bilan Janubiy Koreya K-ligasi klublari etiborini tortishim mumkinligini bilardim.

- Janubiy Koreya chempionati siz kutgandek kuchli bo'lib chiqdimi? Umuman, ilk taassurotlar qanday bo'ldi?

- Ha, albatta. Ushbu chempionat kutganimdek kuchli ekan. CHempionlar Ligasida Janubiy Koreya klublariga qarshi o'ynaganmiz. Bu yilgi OCHLda ham koreys klublarining salohiyatini ko'rdik. Ular yarim finalga etib kelishdi va chempionlik uchun kurashni davom ettirishmoqda.

Aynan shu ligada o'ynagan Bahodir Nasimov bilan gaplashganimda ham iliq fikrlarni eshitgandim. O'ylaganimdek, saviya yuqori ekan. Taassurotlarim, albatta, ijobiy. Juda iliq kutib olishdi. To'g'ri, boshida biroz hayajon bo'ldi. Lekin vaqt o'tishi bilan hammasi o'z joyiga tushib ketdi.

- Mashg'ulotlarda farq sezildimi? Yoki o'zimizniki bilan deyarli bir xil ekanmi? Ko'proq nimaga urg'u berishyapti?

- Farq, tafovut bor, albatta. Mashg'ulotlarda ko'proq jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratiladi. SHuningdek, yakkakurashlar ustida ko'p ishlaymiz. Birga-bir vaziyatdan qanday foydalanish haqida alohida mashg'ulotlar bor.

Janubiy Koreya milliy jamoasining JCH-2018dagi ishtirokini hamma ko'rdi. O'sha payt amaldagi jahon chempioni bo'lib turgan Germaniya termasining qanday mag'lub etilgani kechagidek yodimda. Ushbu muvaffaqiyatda ichki chempionatning kuchliligi ham katta rol o'ynaydi.

- Ana shunday tezkor futbolga moslashish qiyin kechmadimi?

- Dastlabki bir hafta ozgina qiynaldim. CHunki yangi muhit, iqlim sharoitiga moslashish uchun ham vaqt kerak edi. Bundan tashqari, men jamoa safiga kelib qo'shilgan payt Janubiy Koreya chempionatida uchta tur o'yinlari o'tkazib bo'lingandi. Afsuski, jamoamiz bu uchrashuvlarda hali g'alaba qozona olmagandi.

SHu sababli ham mashg'ulotlar kuchaytirilgan rejim ostida o'tkazildi. Kuniga ikki mahal 2 soatdan mashg'ulotda qatnashdik. Ana shu jihatidan ham biroz qiyinchilik bo'ldi.

- SHu kungacha chempionat bahslarida ettita gol urdingiz. Qanot yarim himoyachisi uchun bu juda yaxshi natija. Murabbiy tomonidan aynan hujumda faol o'ynashingiz talab etilyaptimi?

- Ha, murabbiyimiz hujum chizig'iga yaqinroq o'ynashimni talab qiladi. O'ta talabchan murabbiyga egamiz. SHunday o'yinlar ham bo'ldiki, maydonda sof hujumchi sifatida ham harakat qildim. Jamoamiz hisobda ortda qolayotgan bo'lsa, meni hujumga o'tkazishadi. Bu o'zimga ham yoqadi.

- Sof hujumchi sifatida o'ynash siz uchun yangilik bo'ldimi yoki avval o'ynagan klublaringizda ham murabbiylar ushbu poziciyada sinab ko'rishganmidi?

- Bu men uchun yangilik emas. «Bunyodkor»da o'ynab yurgan kezlarimda ham hujumga ko'p qo'shilardim. Xuddi «Bunyodkor»da bo'lgani kabi, hozirgi klubimda ham 4-3-3 taktik sxemasida o'ynashar ekan. Bu tomondan menga oson bo'ldi.

- Janubiy Koreya klublari murabbiylari mashg'ulot va o'yinlarda qatiy intizomga rioya qilishadi, deb eshitganmiz. Haqiqatan ham shundaymi?

- To'g'ri eshitgansiz. Haqiqatan qatiy va metin intizom birinchi o'ringa qo'yilgan, desam aslo yanglishmayman. Har bir mashg'ulot oldidan shu haqda gapirishadi. Intizom joriy qilinmagan joyda ijobiy natija ham bo'lmaydi.

- Masalan, mashg'ulotga kechikib keldingiz. Lekin siz jamoangizning almashtirib bo'lmas futbolchisisiz. SHunday bo'lsa ham, sizga nisbatan moliyaviy jazo qo'llaniladami?

- Jiddiy sababsiz kechga qolsangiz, jazo qo'llaniladi. Mashg'ulotga kech qolishingizni oldindan bilsangiz, bu haqda murabbiyni ogohlantirib qo'yishingiz kerak. Vaziyat ikki bor takrorlansa, sizga nisbatan moliyaviy jazo qo'llaniladi.

- SHu o'rinda koreys taomlari haqida so'ramoqchi edim. Haddan ortiq achchiq deyishadi. O'rganish qiyin kechmadimi?

- Boshida bir oycha qiynaldim. Turmush o'rtog'imni olib kelganimdan so'ng mahalliy taomlar istemoliga chek qo'yildi (kuladi).

- Oilangiz kelgach, klub rahbariyati sizga alohida uy berdimi?

- Ha. Uyimdan shundoqqina stadion ko'rinib turadi. Uzog'i bilan besh daqiqalik yo'l.

- Klub infratuzilmasi, stadion, muxlislarning o'yinga tashrifi haqida ham malumot bering.

- Stadion, baza, mashg'ulot maydonlari barcha talablarga javob beradi. Lekin o'yinlarni tomosha qilish uchun tashrif buyuradigan muxlislar soni bo'yicha maqtana olmaymiz. Unchalik ko'p emas. Ammo shu kelgan ishqibozlar ham o'yin davomida futbolchilarni tinmay qo'llab-quvvatlashadi. Balki Koreya K-ligasiga yo'l olsak, muxlislarimiz soni yana ham ko'payib qolar.

- Janubiy Koreya K-ligasi klublari bilan o'ynagan bo'lsanglar, ikki chempionat saviyasi bir-biriga yaqinmi yoki tafovut kattami?

- Katta farqi yo'q. Jamoamizda K-ligada o'ynagan tajribali futbolchilar bor. Ular bilan aynan mana shu mavzuda suhbatlashganimizda, elitadan bizning chempionatimiz kuchliroq, degan jumlani eshitgandim. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha aniq ustunmiz.

- Ko'z tegmasin, jamoangiz so'nggi turlarni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazib, turnir jadvalidagi o'rnini juda ham yaxshi holatga keltirib oldi. Vazifa shu yilning o'zidayoq K-ligaga chiqishmi?

- Bu yil uchun K-ligaga chiqish vazifasi qo'yilmagan. Mavsumni yuqori o'rinlarda tugatib olsak, kelasi yili ushbu vazifani bajarishga urinib ko'ramiz.

- Murabbiy haqida qanday fikrdasiz? U qattiqqo'lmi? Muloqot chog'ida til masalasida qiynalmayapsizmi?

- Vaqtida qattiqqo'llik qiladi. Bazida juda xushmuomala bo'lib qoladi. Hazilni yaxshi ko'radi. O'zi ham futbolchi bo'lgan. Terma jamoada o'ynagan. Hatto JCH-1998da ham ishtirok etgan. Futbolchilarning holatini tushunadi. Til masalasiga kelsak, hozir ozgina qiyinchilik bor.

Dastlab jamoadagi rus tilini biladigan tarjimon orqali gaplashib turdim. Keyin u klubdan ketdi va o'rniga ingliz tilini biladigan tilmoch keldi. Hozir inglizchada muloqot qilyapmiz. Bu tilni juda yaxshi bilaman, deya olmayman. Lekin tushunaman va o'z fikrimni aytib beraman. Ayni payt ingliz tilini ham o'rganyapman.

- Sanjar Tursunovning jamoadoshingizga aylangani har tomonlama yaxshi yangilik bo'ldi. Unga taklif bo'lgan paytda siz bilan maslahatlashdimi?

- Sanjar aka Qatarda o'ynab yurgan kezlari qo'ng'iroq qilib, Janubiy Koreya chempionati, bu erda legionerlar uchun to'lanadigan maosh, sharoitlar haqida qiziqib so'ragandilar. O'shanda ushbu mamlakatga kelishlari xayolimga ham kelmagandi. Lekin oradan biroz muddat o'tib, ularning jamoamizga kelishlari oydinlashdi. Bu xabardan juda xursand bo'lganman.

- Maoshingiz Janubiy Koreyada yaxshi yashash uchun etyaptimi?

- Ha, etib turibdi (kuladi).

- Janubiy Koreyada turli yumushlar - o'qish, tijorat, ish bilan yurgan o'zbekistonliklar ko'pchilikni tashkil qiladi. Hamyurtlarimiz sizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida stadionlarga ham kelishyaptimi?

- Darhaqiqat, bu erda hamyurtlarimiz ko'p ekan. Boshida ikki oycha stadionda o'zbekistonliklarni ko'rmadim. Keyin internet orqali «Tedjon»da o'ynayotganimdan xabar topgach, stadionga kelishni boshlashdi.

- Yaqinda terma jamoamiz yig'inida bo'lib qaytdingiz. Taassurotlar yaxshimi? Yangi murabbiylar, yangicha talab...

- Terma jamoadan chaqiruv olganimdan juda xursand bo'ldim. Yangi murabbiy va tabiiyki, futbolga yangicha qarash yuzaga kelgan. Taassurotlar o'zim kutgandan ham alo.

- Ektor Kuper haqida nima deya olasiz?

- Endigina ikkita o'yin o'tkazildi. Hali to'laqonli fikr bildirishga erta bo'lsa kerak. Ammo mashg'ulotlari qiziqarli, futbolchilar bilan muloqotga kirishishi ham yaxshi.

- Ko'pchilik himoyaviy taktikani xush ko'radigan murabbiy ekan, deyapti. Terma futbolchilari orasida ham shunday gap bormi?

- Jamoa o'yinchilari bu mavzuni muhokama qilishganini eshitmadim. Lekin haqiqatan himoyaga moslangan taktikada o'ynadik. Balki bu vaqtinchalik holatdir.

- Kuperning shogirdlariga nima degani ko'pchilikka qiziq tuyuladi. Masalan, mag'lubiyatimiz bilan yakunlangan Eronga qarshi o'yindan keyin qanday fikr bildirdi?

- Bizni ko'p ham koyimadi. O'zi kiyinish xonasida uzoq suhbat ham bo'lmadi. O'yin uchun rahmat aytib, futbolchilar bilan xayrlashildi.

- Klubingiz bilan shartnoma bir yilga imzolanganmidi? Uni uzaytirish istagi bormi yoki boshqa rejalar tuzyapsizmi?

- Jamoa bilan hali shartnomam bor. Mavsum yakunlanganidan so'ng bu mavzuga qaytamiz. Agar takliflar bo'lsa, o'rganib chiqamiz.


Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика