SHohruh Gadoev: "Andreev? Men undan kuchsiz emasman"
11 sen 2015 00:10
Yangiliklar
SHohruh Gadoev: "Andreev? Men undan kuchsiz emasman"
"Stanislav Andreev? Hozirgi kunda uni mendan ustun jihatini ko'rmayapman. SHuni aytishim mumkinki, men o'zimni undan kuchsiz deya olmayman. Men o'zimni Andreevdan kuchliroq deb hisoblayman. Bu mening shaxsiy fikrim. Lekin hamma murabbiyning o'z o'yin uslubi mavjud. Murabbiy kimni maqul topsa o'shani tarkibga jalb etadi. Men har doim terma jamoaga yordam berishga tayyorman. Vatanim jamoasi uchun jonimni berib o'ynab beraman. Men bunga har doim tayyorman", - deydi SHohruh Gadoev.
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan SHohruh Gadoevni nega terma jamoaga jalb etilmadi degan savolga Stanislav Andreevni hozirgi kunda undan kuchliroq deya javob qaytargandi.
Eslatib o'tamiz, SHohruh Gadoev O'zbekiston Professional Futbol Ligasi va “Championat.asia” hamkorligida tashkil etilgan oyning eng yaxshi futbolchisi nominaciyasida Aprel oyida tengsiz deb topilgandi.
Fikrlar