So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  1 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

SHodi Nomozov: "SHo'rtan" Pishur bilan shartnoma imzoladi" Yangiliklar

SHodi Nomozov: "SHo'rtan" Pishur bilan shartnoma imzoladi"

G'uzorning “SHo'rtan” klubi safiga kuni kecha ukrainalik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi Oleksandr Pishur qo'shildi.
Yodingizda bo'lsa, u o'tgan yili yarim mavsum “Navbahor”da to'p surgandi va keyin Qozog'istonning “Taraz” jamoasiga o'tib ketgan. Bu yildan boshlab u yana oliy ligamizda to'p suradigan bo'ldi. Bu safar hujumchining xizmatlariga “SHo'rtan” klubi qiziqish bildirdi. SHu bois klub ijrochi direktori SHodi Nomozov mazkur vaziyatga oydinlik kiritdi.

- Pishur va uning agenti bilan asosan jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Volkov gaplashdi. U Toshkentga kelib jamoamiz safiga qo'shildi, hammasi joyida. Futbolchi bilan barcha masalalarni kelishib oldik  va shartnoma imzoladik. Endi tarkibimiz deyarli aniqlandi. Obid Jo'raboev, Aziz G'ulomxo'jaev, Saidkomil Akbarov, Sardor Sobirxo'jaev, Jahongir Jiyamurodov, Otabek Narzullaev, Qadamboy Nurmetov, Sirojiddin Hamroev kabi yangi o'yinchilar endi “SHo'rtan” tarkibida to'p suradilar.  

Fursatdan foydalanib shuni qo'shimcha qilmoqchimanki, hamma joyda har xil fikrlar yuribdi. Yani, shuncha mehnat qilgan Ixtiyor Karimovni nima uchun bo'shatib yubordinglar deb so'rashyapti. Ammo vaziyat bunday emas. Unda “Pro” licenziyasi bo'lmaganligi sababli ish maoshi saqlangan holda vaqtincha texnik direktor vazifasiga o'tkazdik. Iyul oyida Karimovni “Pro” licenziyasiga albatta o'qitamiz. U bilan hamma vaqt fikrlarimiz bir bo'lib kelgan. Doim G'uzor futboli uchun mehnat qilib kelgan. Muxlislar ham Ixtiyor Karimovni hurmat qilishadi. Biz bunday mutaxassis bilan hamkorlikni yana davom ettiramiz, - dedi Nomozov.

“SHo'rtan” jamoasi Toshkentdagi yig'ini mobaynida o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishi ham rejadan o'rin olgan.

FIRDAVSXON
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика