SHmeyxel MYUda De Xeani o'rnini egallashi mumkin
02 avg 2020 07:16
Yangiliklar
SHmeyxel MYUda De Xeani o'rnini egallashi mumkin
“Lester”ning daniyalik posboni Kasper SHmeyxel faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda The Sun.
“Qizil iblislar” rahbariyati De Xeaning o'rniga SHmeyxel variantini ko'rib chiqmoqda.
De Xea 2011 yilning yozida “Atletiko”dan “Manchester Yunayted”ga kelgandi. O'sha paytda darvozabonning transferi 25 million evroni tashkil etgandi. Joriy mavsumda 29 yoshli ispaniyalik darvozabon Premer liganing 38 ta uchrashuvida (barcha o'yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushdi) maydong tushib, 36 ta gol o'tkazdi va ikkita marta ogohlantirildi.
Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozida nihoyasiga etadi.
SHmeyxel 2011 yili “Lids”dan “Lester”ga ko'chib o'tgan. 2016 yil u “tulki”lar safida Angliya chempionligiga erishgan.
Fikrlar