SHmeyxel: "Bu penalti emasdi. Hakam xatoga yo'l qo'ydi"
08 iyu 2021 08:59
Yangiliklar
SHmeyxel: "Bu penalti emasdi. Hakam xatoga yo'l qo'ydi"
Daniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Peter SHmeyxel Raxim Sterling yiqilgan vaziyatga munosabat bildirdi.
Hakam Danni Makkelining fikricha Yoakim Mele o'sha vaziyatda Sterlingga qo'pollik ishlatgan. SHu sababli ham u penalti belgiladi. Kasper SHmeyxel esa penaltini qaytardi. Biroq Keyn qaytgan to'pni raqib darvozasiga kiritdi.
"Katta xato. Bu borada hali uzoq vaqt bahslar bo'ladi.
Bu penalti emas. Agar Angliya ko'plab vaziyatlaridan birida gol kirita olganida ushbu mag'lubiyatga xotirjamroq yondoshardim. Afsuski, hakam katta xatoga yo'l qo'ydi.
Qanday vaziyat bo'lmasin, biz Daniya terma jamoasi bilan g'ururlanamiz", - dedi o'z vaqtida MYUda o'ynagan SHmeyxel.
Fikrlar