SHkviringa “Turon”da kimlar yordam beradi?
27 iyu 2021 15:29
Yangiliklar
SHkviringa “Turon”da kimlar yordam beradi?
Xabaringiz bor, yaqinda Superliga debyutanti “Turon”jamoasida yana bosh murabbiy o'zgardi.
Muxlislarga asosan AGMKdagi murabbiylik faoliyati orqali yaxshi tanish bo'lgan Igor SHkvirin Yaypan jamoasidan tushgan taklifni qabul qilgandi.
Olingan malumotlarga ko'ra, Igor Anatolevich bilan birga “Turon”ga uning doimiy yordamchisi Botir Mirzaev bilan SHuhrat Rahmonqulov ham tashrif buyurgan. Hozircha ushbu mutaxassislar jamoa bilan rasman shartnoma tuzmagan. Lekin shunga qaramay, har ikkisi ham bosh murabbiyga ko'maklashishi ko'zda tutilgan.
Malumot uchun, SHkviringa murabbiylar shtabida shuningdek Anvar Berdiev bilan darvozabonlar murabbiyi Bekzod Turg'unov yordam bermoqda.
Fikrlar