SHirer Sarrini tanqid qildi
26 noy 2018 18:25
Yangiliklar
SHirer Sarrini tanqid qildi
Angliya terma jamoasi va "Nyukasl" sobiq hujumchisi Alan SHirer "CHelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarrini tanqid qildi.
SHirerga Sarri yarim himoyachi N'Golo Kanteni o'ng qanot yarim himoyasida o'ynatayotgani yoqmadi.
"Lester" ikki himoyachi Ues Morgen va Robert Xut bilan Angliya chempioni bo'ldi. Ular yomon himoyachi emas, ammo juda sekin. Tezlikni dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi Kante taminlab turardi. Jorjino - boshqa darajadagi futbolchi.
Hozir Konte befoyda ishlatilmoqda. Sarri uning iqtidoridan to'g'ri foydalana olmayapti. U teparoqda va o'ngda, biroq Kante hujumkor yarim himoyachi emas! Bilaman, Sarri Jorjino bilan "Napoli"da birga ishlagan va unga ishonadi. Ammo "Uembli"dagi "Tottenxem"ga qarshi bahsda Jorjino o'z vazifalarini uddalay olmadi" - deydi SHirer.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar