So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

SHipilov - Mochinov "to'qnashuvi"da kuchlar teng keldi Yangiliklar

SHipilov - Mochinov "to'qnashuvi"da kuchlar teng keldi

“So'g'diyona” jamoasi Toshketda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Bugun jamoa navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Qibraydagi o'yingohda jamoa “Metallurg”ga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo'limda teng kurash kechdi. 24-daqiqada Zohid Abdullaev yaratilgan imkoniyatdan foydalanib jizzaxliklar darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi bo'lim 1:0 “Metallurg” g'alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo'limda Aleksandr Mochinov o'yinni kuchaytirish maqsadida tarkibda bir nechta o'zgarishlarni amalga oshirdi. Natijada “So'g'diyona” hujumlari yanada ko'paydi. Uchrashuvning 56-daqiqasi o'tib borayotgan pallada “Metallurg” futbolchilari o'z jarima maydonchalari ichida SHoxruz Norxonovga nisbatan o'yin qoidasini buzishdi. Natijada hakam penalti belgiladi. Undan tajribali futbolchi Dilmurod Karimov unumli  foydalandi va hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. SHundan so'ng, ikkala jamoada ham gol kiritish uchun bir nechta qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo hisob o'zgarmadi.

SHu o'rinda yana bir malumot, bugungi o'yinda "So'g'diyona" safida 4 nafar yangi futbolchi sinovdan o'tkazildi. Bular: Ruslan Melziddinov (“SHo'rtan”), Iqbol Malikjonov (“Qo'qon-1912”), Alisher Ziyovuddinov  (“Metallurg”), Akrom Baxriddinov (“Mashal”).


“Metallurg” - “So'g'diyona” 1:1

Gollar: 
Zohid Abdullaev 24,Dilmurod Karimov 56 (penalti)

“So'g'diyona”: Dilshod Xamroev, Akmal Xolmurodov, SHoxrux Xolmatov, Farxod Miraxmatov, Elyor Orifov(s), Jahongir Abdumo'minov, Doniyor Hasanov, Azamat Isroilov, Umid Qodirov, Sardor Azimov, Andrey Sidorov.
Zaxira: SHirinboy Abdullaev, Ruslan Melziddinov, Sardor Qulmatov, Iqbol Malikjonov, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov, Alisher Ziyovuddinov, Akrom Baxriddinov, Izzatilla Abdullaev, SHoxruz Norxonov, Farxod Yusupov.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика