SHimoliy Makedoniya Vernerni ushbu mamlakat fuqaroligi bilan "taqdirladi"
02 apr 2021 14:41
Yangiliklar
SHimoliy Makedoniya Vernerni ushbu mamlakat fuqaroligi bilan "taqdirladi"
"CHelsi" va Germaniya terma jamoasi hujumchisi Timo Verner JCH-2022 saralashi doirasidagi SHimoliy Makedoniyaga qarshi o'yinda o'ta qulay vaziyatdan aqlbovar qilmas tarzda foydalana olmadi.
6 daqiqa o'tib esa raqib o'yinchisi Elif Elmas g'alaba golini kiritdi va Germaniya o'z uyida sensacion tarzda mag'lub bo'ldi.
1 aprel kuni Vecer gazetasi Vernerning ushbu omadsizligi uchun minnatdorchilik bildirdi va futbolchiga SHimoliy Makedoniya fuqaroligini "taqdim etdi".
25 yoshli forvard joriy mavsum "CHelsi" safida 39ta o'yinda maydonga tushib, atigi 10ta gol urdi.
Fikrlar