Shik "Bayer"ga o'tadi

31 avg 2020, 22:11
"Roma" hujumchisi Patrik Shik faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

24 yoshli chexiyalik futbolchi tez orada Leverkuzenning "Bayer" jamoasi safiga o'tadi. Tomonlar allaqachon shartnoma borasida kelishib olishgan, deb xabar qildi Sky Sport Italia.

Eslatib o'tamiz, Shik o'tgan mavsumni ijara asosida "Leyptsig" tarkibida o'tkazgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia