SHevchenko Qozog'iston bilan 1:1 dan so'ng: "Jiddiy ogohlik qo'ng'irog'i"
01 apr 2021 09:42
Yangiliklar
SHevchenko Qozog'iston bilan 1:1 dan so'ng: "Jiddiy ogohlik qo'ng'irog'i"
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey SHevchenko Qozog'iston terma jamoasiga qarshi o'yinda qayd etilgan durangdan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"SHuncha vaziyat yaratib, ulardan foydalana olmaslik... Afsuski, raqib jamoa birgina vaziyat yaratadi va gol urib ketadi. Biz vaziyatlarni golga aylantira olmaslikda davom etmoqdamiz.
O'yin oxiri yoqmadi. Bizda o'yinni tashkil etish mahorati bo'lishi kerak edi. Futbolchilar esa poziciyani berib qo'yishdi. SHuning uchun natija salbiy bo'ldi. Barcha javobgarlikni o'z bo'ynimga olaman.
Bu jiddiy ogohlik qo'ng'irog'i. Biz boshlagan joyimizga qaytishimiz kerak. Jamoa sifatida shakllanishimiz kerak", - dedi SHevchenko.
Fikrlar