SHevchenko: "Pyontek - mening izdoshim"
22 mar 2019 22:50
Yangiliklar


SHevchenko: "Pyontek - mening izdoshim"
"Milan jamoasining sobiq straykeri, ayni vaqtda Ukraina terma jamoasini boshaqrayotgan Andrey SHevchenko "rossonerilar" hujumchisi Kshishtof Pyontek haqida o'z fikrini bildiridi.
Qayd etish kerak, joriy mavusumning A Seriya bahslarida 27 uchrashuvda maydonga tushgan Pyontek 19 marta to'p kiritgan. Italiya kubogini 4 ta uchrashuvida yana 8 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'lgan.
"Pyontek — mening izdoshim. U juda ajoyib golni sezish qobiliyatiga ega. Ikkala oyoqda ham alo darajada o'ynay oladi. SHuninngdek, bosh bilan ham yaxshi o'ynab, "Milan" klubi joniga oro kiradi", — deya Sport Mediaset xabar berdi.
"Milan" ayni damda 51 ochko to'plagan holda A Seriyada 4-o'rinni band etib turibdi. Jennaro Gattuzo jamoasi 29-turda "Luiji Ferraris" o'yingohida "Sampdoriya" mehmoni bo'ladi. O'yin 30 martdan 31 martga o'tar kechasi 00:30 da boshlanadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar