SHevchenko "Jenoa" bilan shartnoma imzolash uchun dushanba kuni Italiyaga uchib boradi
07 noy 2021 12:10
Yangiliklar
SHevchenko "Jenoa" bilan shartnoma imzolash uchun dushanba kuni Italiyaga uchib boradi
Ukraina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Andrey SHevchenko "Jenoa" bilan shartnoma imzolaydi.
U bitim tuzish uchun dushanba kuni Italiyaga uchadi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda.
Murabbiy "Jenoa"da 1,8 mln evro (+bonuslar) maosh oladi.
45 yoshli ukrainalik 2016-2021 yillarda Ukraina terma jamoasini boshqardi. "Jenoa" esa kecha Davide Ballardinini istefoga chiqardi.
Jamoa ayni damda A Seriyada 12 o'yindan so'ng 9 ochko jamg'argan holda, jadvalda 16-o'rinda bormoqda.
Fikrlar