So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

SHevchenko haqida 40 fakt Yangiliklar

SHevchenko haqida 40 fakt

Xabaringiz bor, sentyabr oyining 29-sanasida ukrainalik mashhur sobiq hujumchi, ayni damda mamlakati terma jamoasini boshqarayotgan Andrey SHevchenko 40 yoshni qarshi oldi.

Sokker.ru portali esa shu munosabat bilan afsonaviy futbolchi hayotidagi 40ta eng muhim faktlardan o'ziga xos guldasta tuzib, virtual olam orqali SHevaga yo'lladi.

SHevchenko 1976 yilning 29 sentyab­rida Kiev viloyatining Dvorkovshina qishlog'ida tug'ilgan. U uch yashar bo'lganida, SHevchenkolar oilasi Kievga doimiy yashash uchun ko'chib o'tishgan.

Andrey dunyoga kelgan qishloqda uning tug'ilgan kuni har yili kattakon bayramga aylanib ketadi. Havaskorlar o'rtasida futbol o'yini o'tkaziladi. Dvorkovshina qishlog'ining jamoasi esa tabiiyki, Andrey SHevchenko nomini olgan.

Agar futbolchining bobosi Nikolay ocharchilik yillariga dosh berolmaganda, nemislarga asir tushmaganida, Yaponiyaga qarshi urushdan tasodif tufayli qolib ketmaganida, Andrey umuman dunyoga kelmagan bo'lardi. Xullas, oila boshlig'i yuqoridagi barcha ofatlardan jon saqlab qolib, o'z turmushiga asos solgan.

Bo'lajak futbolchining otasi harbiy bo'lib, onasi - Lyubov Nikolaevna butun umr qishlog'idan ketishni istamagan va oila boshlig'i Kievda uy qurishni taklif qilganda, bunga qatiy rad javobini bergan. Ayol to'g'ri yo'lni tanlagan, bizningcha. CHunki xuddi shu yili Andreyning otasi kutilmaganda dunyodan o'tadi.

Andrey ham aka-uka Klichkolar singari, harbiy bilimlarga ixtisoslashgan Suvorov nomidagi bilim yurtida o'qishi mumkin edi. Zero futbolchining otasi o'g'lining to'p ortidan chopishini emas, aynan shu bilim yurtida tahsil olishini istagan edi.

SHevchenkodagi futbolga iqtidorni ancha kech, u to'qqiz yoshga to'lganida birinchi murabbiyi Andrey SHpakov payqab qolgan. O'shanda mutaxassis chekka tumandagi musobaqaga kelib, SHevchenkoning o'yinini ko'rib qolgandi. Agar SHpakov bo'lmaganida, SHevchenko futbolchi sifatida kamol topmasligi mumkin edi.

Andrey o'smirlik chog'larida avvaliga tayanch yarim himoyasida to'p surgan va hatto Kievning Dinamo klubi futbol maktabiga qabul qilinmagan. Keyinroq murabbiylar o'z xatolarini anglab etib, uni darhol  yosh toifasidagi bo'lajak futbolchilar qatoriga qo'shishdi.

SHevchenko Dinamo tarkibida besh marta Ukraina chempioni bo'lgan, uch marta mamlakat superkubogini qo'lga kiritgan. Ikki bor eng yaxshi to'purar sifatida tan olingan. Albatta, 22 yoshida Milanga ketgan futbolchi uchun bu - ajoyib natija.

U ilk bor Ukraina chempionatida Doneckning SHaxtyor klubiga qarshi maydonga tushgan. Evrokuboklar doirasidagi debyuti esa 1994 yilning noyabriga, Moskvaning Spartak jamoasiga qarshi o'yinga to'g'ri keladi.

SHeva 18 yoshidayoq ECHL doirasida Bavariya darvozasini ishg'ol qiladi. Keyinroq esa u Barselonaga qarshi o'yinda xet-trik qayd etadi.

U Lobanovskiy davridagi Dinamodayoq CHempionlar Ligasi to'purari bo'ladi. Bu voqea 1998-1999 yillar mavsumida ro'y bergan va o'shanda kievliklar yarim finalda yurishni to'xtatgandilar.

SHevchenko Dinamodagi faoliyatini boshlagan paytda zararli odatlarga ruju qo'yadi: tamaki chekadi, dars­dan qochadi va hokazo. Lekin ke-yinchalik ulg'aygach, bu yomon odatlardan qaytadi.

Andrey juda ko'plab xayriya ishlarini amalga oshirgan, ammo ularning hammasi OAVlarda elon qilinmagan. Jumladan, u o'zi o'qigan maktabga, Kievdagi mehribonlik uylariga, kasalxonalarga yordam qilgan, xayriya uchrashuvlarida ishtirok etgan.

Milanning ishbilarmon rahbarlari SHevaning transferi o'sha davrdagi Italiya futboli uchun rekord bo'lgani sababli, futbolchining maoshini juda kamaytirib yuborishadi. SHevchenko esa ular bilan ko'p tortishmay, qancha ko'p gol ursa, maoshini shuncha kupaytirishlariga kelishib oladi. Klub xo'ja­yinlari avvaliga yigitchaning kamtarligidan xursand bo'lishadi. Biroq keyinchalik Andrey gollari bilan ularni yanada xursand qilib, maoshini o'zi istagan darajaga keltiradi.

Milandagi birinchi mavsumdayoq raqiblar darvozasini 24 marta aniq nishonga olib, A seriya to'purariga aylandi. O'sha davrning eng kuchli hujumchilari sanalgan Ernan Krespo va Gabriel Batistuta Andreydan bitta gol kamroq urishgandi. Oradan to'rt yil o'tgach, SHevchenko bu muvaffaqiyatni yana takrorladi.

Andrey - Milan derbilari tarixidagi eng sermahsul futbolchi. Yani, u derbilarda Inter darvozasiga jami 14ta gol urgan. Afsonaviy Juzeppe Meacca hisobida esa 13ta gol bor edi.

SHevchenko - Ukraina tarixidagi eng yaxshi to'purar (48ta gol), shuning­dek, terma jamoadagi o'yinlar soni bo'yicha Timoshukdan keyin ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Andrey Nikolaevich Oleg Bloxin va Igor Belanovlardan keyin Oltin to'pni qo'lga kiritgan uchinchi ukrainalik futbolchi. Darvoqe, u mazkur tanlovda ikki bor uchinchi o'rin sohibi bo'lgan.

Hujumchi 2004 yili Oltin to'p sovrinini qo'lga kiritgach, uyiga qaytadi-da, eng avvalo, Dinamo stadioni yaqinidagi Valeriy Lobanovskiy xotirasiga o'rnatilgan yodgorlikni ziyorat qiladi. Keyin esa Evropaning eng kuchli futbolchisiga beriladigan sovrinni qo'lida ko'tarib olib, Kievdagi maktablarni aylanadi. Bundan maqsad bitta edi - bolalar jiddiy orzular albatta, ushalishiga guvoh bo'lishlari uchun.

Dunyoning ko'pgina mashhur hujumchilari yoshlik chog'larida aynan SHevchenkoga havas qilib ulg'ayishganini aytishadi. Bundaylar sirasiga Jeko, Jiru, Drogba, Yovetich kabi forvardlarni kiritish mumkin.

Andrey Milan tarkibida 2003 yilgi CHL finalida Yuventusni mag'lub etib, shalpangquloq sovrini sohibiga aylangan ilk ukrainalik futbolchi bo'ldi. Undan keyin bunday baxtga Anatoliy Timoshuk ham erishdi. Farq shundaki, u Bavariya shanini himoya qilgan.

SHevchenko CHempionlar Ligasi bahs­larida jami 59ta gol urgan. UEFA tasnifidagi barcha turnirlarni hisoblaganda esa bu ko'rsatkich 67taga o'zgaradi. Demak, SHeva CHL to'purarlari poygasida Eysebio, Drogba va Del Perolardan oldinda. Di Stefano, Ibragimovich va Anrilarga esa yaqinlashib qolgandi.

Ochig'ini aytish kerak, Andrey Nikolaevichning intellektual salohiyati unchalik kuchli emas. Zero, u maktabda alo baholarga o'qimagan, lekin shunga qaramay, to'g'ri qarorlar qabul qilishga usta. SHuningdek, maqsadi sari jiddiy intila oladi. CHunonchi, Milanga o'tganida, tezda italyan tilini o'rganib olgandi. Keyinroq esa inglizchada ham binoyidek gapira boshlagan.

SHevchenko aksariyat futbolchilar kabi italyancha ovqatlar - pasta, piccalarni sevib tanovvul qiladi. SHuningdek, unga onasi pishirgan turli pishiriqlar va murabbolar ham yoqadi. Yaponlarning sushisidan ham bosh tortmaydi. Ammo SHevchenko uchun eng yoqimli taom - baribir, kabob bo'lib qolaverdi.

Andrey elkasiga kattakon ajdar suratini chizdirib olgan. Biroq nega bunday qilganini hech qachon ochiq aytmagan. Undan har gal shu haqda so'rashsa, qisqagina qilib Bir ulkan voqea munosabati bilan deb qo'ya qoladi.

SHevchenko Freddi Merkyuri guruhining musiqalarini berilib ting­laydi. Darvoqe, u latviyalik xonanda Layma Vaykulening ijodiga ham befarq emas.

Andrey kinematografiya sohasiga unchalik qiziqmaydi. Ammo 1936 yili suratga olingan Darvozabon filmini qayta-qayta ko'rishdan zerikmaydi.

Biroq SHevchenkoga yoqadigan aktyorlar hozirgi zamon insonlari. Jumladan, Podshohga Juliya Roberts yaratgan qahramonlar juda yoqadi. Futbolchining sevimli aktyorlaridan biri - rossiyalik Aleksandr Abdulov esa 2008 yili hayotdan ko'z yumgan.

Italiyalik mashhur modeler Jorjo Armani o'z mahsulotlarini reklama qilish uchun bir necha bor SHevchenkodan model sifatida foydalangan. Lekin aslida futbolchi kiyim-kechak va modaga unchalik qiziqmaydi. Milanlik futbol muxlislari forvard yulduz darajasiga etganidan keyin ham kamtarligicha qolganini hamon sog'inib eslashadi.

U Milan sharafini himoya qilib yurgan paytlari mashhurlik borasida faqatgina Italiya prezidentiga tenglasholmasdi. Ishonmasangiz, bu haqda o'tkazilgan so'rovnomalarni ko'zdan kechirib chiqing! O'sha vaqtlari futbolchi bilan mashhur italyan xonandalari va hatto shaxsan Silvio Berluskoni ham raqobatlasha olmagan.

SHevchenkoni yaqindan biladigan taniqli kishilar, masalan, Anchelotti, Zeedorf, Pirlo, Rebrov, Drogba va boshqalar uning maydondagi xotirjamligiga tan berishlarini aytishgan. Misol uchun,  CHL finalida Buffon qo'riqlayotgan darvozaga gol urishdan oldin bir lahza to'xtab, sovuqqonlik bilan zaif nuqtani qidirgani ko'pchilikning yodida.

SHeva Kievning Dinamosida yurgan chog'lari bilyard o'yiniga qiziqib qolib, Belkevich va Gusinlar bilan tinmay raqobatlashadi. Hozirgi kunda esa bilyardda uni faqat sport ustalarigina dog'da qoldirishi mumkin, xolos.

Ammo Andrey uchun futboldan tashqari eng sevimli sport turi bu - golf.

Ilgarilari SHevchenko shaxmat ham o'ynab turardi. Bugungi kunda esa u miyani mashq qildirish uchun qartadan foydalanadi.

SHevchenko - serfarzand ota. Unda ham xuddi Zidan singari, to'rtta o'g'il farzand bor. Qiziq, Jordan, Kristian, Aleksandr va Rayder-Gabriel SHevchenkolar otasi izidan borib futbolchi bo'lisharmikan?!

Andrey 20 yildan buyon kelib chiqishi polyak bo'lgan amerikalik model Kristen Pazik bilan baxtli hayot kechirmoqda.

Bir paytlari Mourino Andreyni xotinining quli deb atagandi. SHevchenko esa tabiiyki, unga to'rtta o'g'ilni hadya qilgan rafiqasining fikri bilan hisoblashishga majbur. Ammo shunisi ham borki, Andrey uyga, yani Kievga ketishni istab qolsa, Kristen quloq qoqmay, eriga ergashadi.

SHevchenko murabbiylik faoliyatini boshlamay turib, siyosatga kirishib ketishiga bir bahya qoladi. Yaxshiki, o'z vaqtida maxsus kurslarda tahsil olib, murabbiylik sir-asrorlarini o'rgandi va ayni payt Ukraina terma jamoasini boshqarmoqda.

To'g'risini aytish lozim, SHevchenko rasmiy tadbirlar va jo'shqin bayramlarda ishtirok etishni xush ko'radi. Biroq futbol masalasi ko'tarilsa, u darhol ko'ngilxushliklarni bir chetga surib, mehr qo'ygan ishiga kirishadi. SHu bois, uning 40 yoshlik yubileyi ham juda katta tantanaga aylanmadi. CHunonchi, Ukraina termasini oldinda muhim islohotlar kutmoqda. Bu ishda SHevaga omad tilaymiz. Tavallud ayyoming bilan, Podshoh!

I.RAHIMOV tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика