So’nggi yangiliklar

15:38Моуринью психологик ҳийлалар ҳақида: "Мен вақти-вақти билан гапирадиган бемаъни гапларим билан эмас, титулларим билан машҳурман"  1 15:01Нигерия ЖЧ саралашидаги мағлубиятдан сўнг Конго ДР устидан ФИФАга шикоят қилди. Баъзи конголик футболчиларда Европа паспортлари бор, бу эса мамлакат қонунчилигида тақиқланган  8 14:32CTA "Алавес" билан ўйиндаги Винисиус вазиятида VAR қарорини қўллаб-қувватлади  0 13:58Ибрагимовичнинг ўғли "Милан"нинг Италия Суперкубоги учун қайдномасидан жой олди  1 13:14Ўзбекистон миллий футзал терма жамоаси Бухородаги йиғинни давом эттирмоқда  3 13:11Суперлига–2025. Эксперт хулосаси: "Насаф" селекцияда ютқазди, "Нефтчи" эса кутилмаларни оқлади  0 12:48Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди  20 12:25Луис Суарес футболчилик фаолиятидаги сўнгги мавсумни қаерда ўтказади?  6 11:46Қувондиқ Рўзиев "Навбаҳор"га қайтди  2 11:25Трамп Кот-д’Ивуар ва Сенегал фуқароларининг АҚШга киришини чеклади. Уларнинг терма жамоалари ЖЧ-2026да ўйнайди  2 10:14МЮ Семеньо учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум   3 09:45Хави АПЛнинг ТОП жамоасини бошқариши мумкин  2 09:18"Манчестер Сити" қишда икки нафар футболчиси билан хайрлашмоқчи  3 08:50Фабио Каннаваро Италия футболидаги ҳозирги муаммо ҳақида фикр билдирди  5 08:21Шомуродов Сане, Асенсио ва бошқа футболчилар билан бир қатордан жой олди  4

SHerzod Temirov - Gonkong chempionati, Rivaldo va David Vilya bilan uchrashuv va oldindagi o'yin haqida Yangiliklar

SHerzod Temirov - Gonkong chempionati, Rivaldo va David Vilya bilan uchrashuv va oldindagi o'yin haqida

O'zbekiston terma jamoasi 21 mart kuni JCH-2026 saralash bosqichida mehmonda Gonkongga qarshi maydonga chiqadi.

Gonkong futboli haqida gap ketar ekan bevosita bu yurt vakillari bilan kechgan avvalgi uchrashuvlar ko'z oldimizda gavdalanadi. Lekin ular tarix. Bugun esa bu mamlakatda ham futbol, ichki chempionat o'yinlari yaxshi darajaga chiqqan. Klublari esa OCHL, OFK kubogi kabi musobaqalarda qatnashmoqda. Gonkongning "Kitchi" jamoasida to'p tepayotgan hamyurtimiz SHerzod Temirov bu borada etarlicha tasavvurga ega bo'lib, u shu paytgacha jamoasi bilan 2 bor sovringa ega chiqdi. Qolaversa asosiy tarkib azosi hisoblanadi. O'zbekistonning Gonkongga qarshi o'yini oldidan SHerzod Temirovni suhbatga chorladik. 

- Dastlab "Kitchi"dagi faoliyatingiz qanday kechayotgani haqida gapirib bersangiz. Erondan so'ng u erga moslashish qiyinchilik tug'dirmadimi?

- Assalomu alaykum. Avvalambor, barcha yurtdoshlarimizga ramazon oyi muborak bo'lsin. Intervyuga taklif qilganingiz uchun rahmat. Gonkong klubiga qo'shilganimga ko'p bo'lgani yo'q. Yangi futbolchilar, yangicha muhit, boshqa odamlar barchasiga ko'nikish vaqt talab qilardi. Lekin men uchun yaxshi boshlandi. "Kitchi"ga moslashishim o'zim kutgandan ham tezroq amalga oshdi. Kelishim bilan 2 ta sovringa ega chiqdik. Bular Gonkong va "Senyor Sheild" kubogi edi. Buning ortida katta mashaqqat bor. Qo'lga kiritilayotgan yutuqlar uchun jamoadoshlarimga, murabbiylarga rahmat aytib qolaman. Eron chempionatiga kelsak. U erda o'yinlar ko'proq kurashlar ostida kechadi. Hozir futbol rivojlanmagan mamlakat qolmagan. Bu juda yaxshi holat deb o'ylayman. Gonkong chempionatida ko'proq texnik va intelekt talab qilinadi. Bu zamonaviy futbolning talabidir. Ikki chempionat jismoniy va texnik jihatdan farq qiladi. 

- Ijtimoiy tarmoqda Rivaldo va David Vilya bilan tushgan suratingizni joyladingiz. Ular bilan uchrashuv va suhbat o'zgacha kechgan bo'lsa kerak?

- Ular bilan uchrashish bolalikdagi orzularimdan biri edi. Taqdir taqozosi bilan klubimizga tashrif buyurishdi. Hujumchilar bilan fikr almashdik. O'z faoliyatlari haqida gapirib berdilar. Ko'proq oldinga intilishni, o'z ustimizda ishlashimizni takidlashdi. Jahon yulduzlari bilan uchrashuvdan taassurotlarni so'z bilan ifodalab bera olmayman. SHu kuni barchasi ajoyib edi. 

- "Kitchi" safida asosiy tarkib futbolchisiga aylandigiz. Jamoa bilan kubokni yutdingiz. Bu qanday amalga oshdi? Klub qanday rag'batlantirdi?

- Barcha muxlislar yaxshi bilishadi, "Kitchi" Gonkongning 12 karra chempioni hisoblanadi. Mamlakatdagi eng zo'r klublardan biri. Jamoa oldiga har yili oliy maqsad qo'yiladi. Ichki chempionatda, xalqaro maydonda barcha turnirlarni yutish uchun o'ynaymiz. Tarkibda raqobat juda kuchli. Kim zo'r bo'lsa, o'sha futbolchi maydonga tushadi. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Mehnat qilib, sabr qilsangiz ko'p narsaga erishasiz. Hozircha 2 ta musobaqada g'olib chiqdik. Rag'bati ham shunga yarasha bo'ladi. 

- Gonkongda legionerlarni mahalliylashtirishmoqda. Bu omil o'sishga turtki bo'lyaptimi?

- Klublar yaxshi saviyadagi legionerlarga ega. Masalan Braziliya, Franciya, Angliyadan kelgan futbolchilar bor. Bu ligani o'sishiga katta yordam beradi. Gonkongda bir necha yillik shartnoma tuzishadi. Nega deysizmi? Mahalliylashtirilgan futbolchilar tajribali. Katta rejalar qilinadi. Hozir bu vaqtinchalik ko'rinishi. Bir necha yildan keyin qanday darajaga chiqishini ko'rasiz. Sizga klub tomonidan barcha sharoit yaratilsa, sizdan faqat o'yin talab qilishadi. Bu shunchak zo'r. 

-  O'zbekiston terma jamoasi 21 mart kuni Gonkong bilan mehmonda o'ynaydi. OAVlarda, futbolchilarda bu o'yinga munosabat, ruhiyat qanday holatda?

- Bundan xabarim bor. O'yinga barcha jiddiy tayyorgarlik ko'ryapti. 21 mart kuni barchasiga guvoh bo'lamiz. O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman. 

- Tarixda qarasak, Gonkong bilan oxirgi 4ta o'yinda 3tasi durang bilan tugagan ekan, yani yaxshigina bosh og'riq bo'lib kelgan. Bu safar Gonkong qaysi jihatlarda O'zbekistonga muammo tug'dirishi mumkin?

- Tarix ortda qoldi. Yangi tarix yozish kerak. Orqaga emas, oldinga qarab yurish zarur. O'yin juda kichkina stadionda bo'ladi. Bu Gonkong terma jamoasining tanlovi. Ular o'yinga jiddiy qarashmoqda. Tarkibga barcha legionerlari etib kelgan.



Abdusalom Djalilov suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика