So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

SHerzod Temirov "Atletiko Madrid"ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

SHerzod Temirov "Atletiko Madrid"ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?

Gonkongning "Kitchi" klubi kecha xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi doirasida Ispaniyaning "Atletiko Madrid" klubiga qarshi maydonga chiqdi.

Mazkur klub safida hamyurtimiz SHerzod Temirov to'p tepmoqda, u kecha o'yinda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. Bahsdan so'ng esa futbolchimizning fikrlari bilan qiziqdik. 

O'zbekistonlik futbolchi o'rtoqlik o'yinida "Atletiko Madrid" darvozasiga gol urdi

- Bu uchrashuvni barcha ancha vaqtdan beri kutayotgandi. Jamoamiz ham shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdi, Tailandda 20 kunlik o'quv-mashg'ulotini olib bordik, 5 kun oldin Xitoyga qaytib keldik. Sizga aytsam, "Atletiko Madrid" bilan uchrashuv katta taassurotlar bilan yodda qoldi. Allohga shukur, hissiyotlar o'zgacha. Nafaqat Ispaniyaning balki Evropaning nomdor jamoasi bilan o'ynash katta tajriba berdi deb o'ylayman. Bu futbolda juda muhim omillardan biri hisoblanadi. To'g'ri, katta hisobda yutqazdik. Lekin raqib oddiy jamoa emasdi. Bizni yaqindan qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat aytib qolaman. 

- Yulduzlari bor jamoa doim yuqori o'rinlar uchun kurashadi. Ko'rganingizdek, o'yin juda qiziq o'tdi. "Atletiko Madrid" havas qilishga arziydigan klub. Ularga qarshi to'p tepish mahoratni yanada oshirishga xizmat qiladi. Taktik ishlanmalari yuqori darajada ekanligi ko'rinib turibdi. Men asosan hujum chizig'ida harakat qiladigan futbolchilarni ko'proq kuzataman. Ushbu o'yinda o'zimga kerakli detallarni ko'rib oldim. Ulardan o'rganadigan ko'p narsalarimiz bor. 

- Golimga kelsak, nima deyishni ham bilmayman. Ochig'i o'zim kutmagandim. Lekin niyat bor edi. Yaxshi niyat, mehnat, sabr har doim katta rol o'ynashini isboti bo'ldi deya olaman. Golni qanday tariflashni ashaddiy futbol muxlislariga qoldiraman. Ularning ishonchi bizga katta kuch beradi. 

- Bellashuvdan so'ng barcha futbolchilar, murabbiylar bilan ko'rishdik. Do'stona xayrlashdik, futbolka almashish ham esdan chiqqani yo'q. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика