So’nggi yangiliklar

16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  0 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  7 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3

SHerzod Rayimjonov "Neftchi" bosh murabbiyi kimligiga oydinlik kiritdi Yangiliklar

SHerzod Rayimjonov "Neftchi" bosh murabbiyi kimligiga oydinlik kiritdi

“Neftchi” selekcioner murabbiyi SHerzod Rayimjonov O'zbekiston kubogiga qura tashlangach o'z fikrlarini bildirdi.


- Yangi formatdagi PRO-liga va Kubok bahslariga qura tashlash marosimida ishtirok etdingiz. Bu haqda qanday fikrdasiz?
- Kubokning yangi formati haqida nima deyishim mumkin? Bu Superliganing o'rtamiyona klublari va PRO-liga jamoalari uchun ayni muddao bo'ldi. Sababi futbolda omad juda katta o'rin tutadi. Mana qurani ko'rdingiz PRO-liga klublari bir-birlari bilan tushishdi. Agar omadingiz kelsa xatto finalga qadar grand klub bilan to'qnash kelmasingiz mumkin. SHunday ekan yangi formatdagi kubok shaxsan menga yoqdi.



- Jamoada rasman bosh murabbiy kim?
- "Neftchi" bosh murabbiyi - Sergey Kovshov. Uni PFLdan bosh murabbiy deb ro'yxatdan o'tkazganmiz. Unda A licenziyasi bor. Ammo ushbu licenziya 4 yilga beriladi. Ushbu muddatdan so'ng barcha murabbiylar uni uzaytirishi lozim. Bu muddat yakuniga etdi. Bori shu. Ayni paytda Bahrom Haydarov "Neftchi" bosh murabbiyi vazifasini bajarmoqda. Yaqin orada Sergey Kovshov A licenziyasini uzaytiradi va barchasi joyiga tushadi. Kovshov mashg'ulotlarda ishlamoqda, jamoani tayyorlamoqda. Faqat o'yinlar vaqtida u qaydnomadan o'rin olmayapti.

- Hujumchi Murod Bobojonov qachon maydonga tushadi?
- Murod Bobojonov masalasiga kelsak uni 20 fevral kuni "Lokomotiv" klubidan qaytarib oldik. Ammo safimizga jarohati bilan keldi. Mana bir oydan ortiq muddat biz bilan bo'lib turibdi, ammo hozirga qadar umumiy guruhda mashg'ulotda ishtirok etmadi. SHu bois ham PFL tomonidan o'tkazilgan normativlarda qatnashmadi. Jarohatini davolab bo'lgach bu normativlardan o'tishiga ishonaman.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика