So’nggi yangiliklar

20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  0 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  7 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  2 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  3 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   4 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  9 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  3 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  13 15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  8

SHerzod Qosimovdan boshqa hakam yo'qmi? Yangiliklar

SHerzod Qosimovdan boshqa hakam yo'qmi?

Bugun Superliga 13-tur doirasida "Paxtakor" - "Bunyodkor" bahsi bo'lib o'tadi.

Qizig'i shundaki, xuddi 1-davrada "Bunyodkor" stadionida bo'lgani kabi "Paxtakor" o'yingohida kechadigan bellashuvni ham SHerzod Qosimov boshqarib boradi.

Esingizda bo'lsa, birinchi davrada bo'lib o'tgan bahsda "Bunyodkor" 1:0 hisobida zafar quchgandi. Bugun nima bo'lishini esa o'yindan keyin bilib olamiz. O'ylaymizki, bugungi bahs ham shiddatli va shunga yarasha qiziq kechadi.

Lekin shu o'rinda bizni hayron qoldirgan jihat, Hakamlar qo'mitasi tomonidan bu uchrashuvga yana SHerzod Qosimovning tayinlanganidir. Bu erda yana deb birinchi davradagi o'yinni yodga olayotganimiz yo'q. Gap shundaki, SHerzod Qosimov "Paxtakor"ning o'z maydonidagi ketma-ket uchinchi o'yinida hakamlik qiladi.

Umuman olganda, bu bahs SHerzod Qosimov uchun Superligadagi 7-o'yin bo'ladi. Qizig'i, Qosimov oxirgi ikki bor "Paxtakor"ning o'z maydonidagi bahsni boshqargan. "Paxtakor" bu o'yinlarda bir g'alaba va bir durang qayd etgan.

SHerzod Qorsimov Superligada boshqargan o'yinlar:
2-tur. "Bunyodkor" - "Paxtakor" 1:0
4-tur. "Nasaf" - "Metallurg" 1:1
6-tur. AGMK - "Qo'qon-1912" 0:0
7-tur. "Qizilqum" - "Neftchi" 1:0
8-tur. "Paxtakor" - "Navbahor" 1:0
10-tur. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" 1:1
13-tur. "Paxtakor" - "Bunyodkor"

Albatta, bitta hakamning bir jamoa uy o'yinlariga ketma-ket uch marta qo'yilishi g'alati. Balki bunaqasi futbolimiz tarixida birinchi marta ro'y berayotgan bo'lishi ham mumkin.

Bu o'rinda SHerzod Qosimovning aybi yo'q. CHunki u o'zini o'zi o'yinlarga tayinlamaydi. Hamma gap Hakamlar qo'mitasiga borib taqalyapti. Bizga malumki, Hakamlar qo'mitasi tur uchrashuvlariga hakamlarni tayinlayotganida har bir detalga etibor qaratadi. Ammo qatorasiga uch marta Qosimovni "Paxtakor" uy o'yiniga qo'yilishi g'alati. Yoki mamlakatimizda derbini boshqara oladigan boshqa hakam yo'qmi?

Reyting: +69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика